Kontent qismiga oʻtish

Bopiliao Historic Block

Koordinatalari: 25°2′11.000004000005″N 121°30′5.0000040000043″E / 25.03638889000000134°N 121.501388890000001197°E / 25.03638889000000134; 121.501388890000001197
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bopiliao Hictoric Block
Umumiy maʻlumotlar
Shahar Taypey
Tuman Vanxua tumani
Yaqin metro bekatlari Longshan ibodatxonasi metro bekati, Bannan liniyasi,Taypey metrosi

25°2′11.000004000005″N 121°30′5.0000040000043″E / 25.03638889000000134°N 121.501388890000001197°E / 25.03638889000000134; 121.501388890000001197

Bopiliao Historic Block (剝皮寮) – Tayvan, Taypey shahrining Vanxua tumanidagi tarixiy koʻcha. Blokda deyarli toʻliq bir yoki ikki qavatli gʻishtli binolar joylashgan, binolarning aksariyati 200 yil oldin qurilgan hamda hudud Tayvan shimolidagi eng qadimgi savdo tumanlaridan biri boʻlgan. Koʻchada muzeylar, doʻkonlar, oziq-ovqat rastalari va sanʼat koʻrgazmalari mavjud[1].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bopiliao Historic Block Sin sulolasi hukmronligi davrining boshida paydo boʻlgan boʻlib, Taypey shahrining Vanxua tumanidagi koʻp asrlik rivojlanishni aks ettiradi. Vaqt oʻtishi bilan Bopiliao Historic Blocki turli tarixiy davrlarning, jumladan, Sin sulolasi, Yaponiya va Xitoy Respublikasi davlatlari taʼsiriga uchradi, natijada meʼmorchilik uslublari uygʻunlashdi[2].

Hudud turli nomlar bilan atalgan. Biroq, Yaponiya imperiyasi hukmronligi davrida shaharni rivojlantirish uchun qilingan harakatlar hududni oʻzgartirib, uning savdo hajmini pasayishiga olib keladi. Shunga qaramay, qizil gʻishtli doʻkonlar va Gʻarb uslubidagi binolar kabi oʻziga xos meʼmoriy xususiyatlar saqlanib qolgan[3].

Tumanda noyob joylar, jumladan, yongʻinga qarshi suv zaxirasi va Yaponiya davrida yaratilgan trapezoidal maydon saqlanib qolgan. 1941-yilda Laosong boshlangʻich maktabini tashkil etish rejalari tasodifan hududning arxitektura xilma-xilligini saqlab qoladi[4].

1999-yilda Taypey shahar hukumati tashlandiq hududlarni oʻzlashtirish va rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlarni boshladi. 2009-yilda nihoyasiga yetgan keyingi restavratsiya ishlari bu hududni madaniy markazga aylantirib, jamiyat eʼtiborini torta boshladi. „Monga“ filmining chiqishi jamiyatda hududga qiziqishni yanada oshirdi[5].

2010-yilda Taypey shahar hukumati Vanxua tumani doirasidagi chegaralarini belgilab, Bopiliaoni tarixiy joy sifatida rasman tan oldi. Hududning jozibadorligini oshirish uchun blok sharqiy va gʻarbiy qismlarga boʻlinadi, ularning har biri alohida rivojlanish strategiyalariga ega[6].

Hozirda Bopiliao Historic Blockida sanʼat koʻrgazmalari, kino koʻrgazmalari va madaniy meros boʻyicha taʼlim dasturlari boʻlib, hudud tashrif buyuruvchilarni oʻzining noyob jozibasi bilan jalb etadi va eski anʼanalarni yangi tendensiyalar bilan uygʻunlashtirgan[7].

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tarixiy hududga Taypey metrosining Bannan liniyasi Longshan ibodatxonasi metro bekati orqali boriladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tayvandagi yoʻllar roʻyxati
  • Tayvanning diqqatga sazovor joylari roʻyxati
  • Dadaocheng

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]