Bon Om Tuk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bon Om Tuk yoki Suv festivali (kxmer. បុណ្យអុំទូក, inglizcha: Bon Om Touk yoki Khmer Water Festival) noyabr oyida nishonlanadigan Kambodja bayramidir. Festival uch kun davom etadi. U musson mavsumining tugashiga va Tonlesap daryosi oqimining teskari oʻzgarishiga bagʻishlangan[1]. Har yili millionlab insonlarni jalb etadigan eshkak eshish musobaqalari, kontsertlar va mushakbozliklarni oʻz ichiga oladi[2].

Barcha shaharlar va viloyatlar bayramga qoʻshilishadi, lekin eng katta bayramlar Pnompenda boʻlib oʻtadi, eshkak eshish musobaqalari bu yerda, Sisovat qirgʻogʻi boʻylab , Qirollik saroyi qarshisida oʻtkaziladi. Festival mamlakatning ikkinchi yirik shahri Siemreapda ham juda keng miqyosda nishonlanadi.

2010-yil 22-noyabrda Pnompendagi Bon Om Tuk bayrami chogʻida tiqilinchda 456 kishi[3] halok boʻldi. Bundan avvalgi festivalda ham halokatli hodisalar boʻlgan. Shunday qilib, 2008-yilda qayiqning agʻdarilishi natijasida 5 ta singapurlik eshkakchi, 2009-yilda esa 1 kambodjalik eshkakchi choʻkib halok boʻlgan[4]. 2010-yildagi fojiali voqealardan keyin festival keyingi uch yil davomida bekor qilindi va faqat 2014-yilda qayta tiklandi[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Cambodia's Water Festival“. Al Jazeera (22-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2010-yil.
  2. 2,0 2,1 „Water Festival in Phnom Penh 2016“ (deadlink). CamboGuide. 2016-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Число погибших в давке на фестивале в Камбодже превысило 450 человек“ (ru). РИА Новости (24/11/2010). 2012-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-yanvar.
  4. „Cambodia Water Festival turns tragic with deadly stampede“. Christian Science Monitor (22-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 23-noyabr 2010-yil.