Kxmer tili
Kxmer tili | |
---|---|
![]() | |
Milliy nomi | ភាសាខ្មែរ va ខ្មែរ |
Rasmiylik holati | Kambodja |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 16 600 000 |
Alifbosi | Khmer |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | km[1] |
ISO 639-2 | khm[1] |
ISO 639-3 | khm[1] |
Kxmer tili — mon-kxmer tillaridan biri. Kambodja davlatining rasmiy tili, Vyetnam va Tailandsa ham tarqalgan. Kxmer tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni taxminan 8 mln. kishini tashkil etadi. Kambodja hududida keskin dialektal tafovutlar yoʻq. Ikkita lahja: shim.-gʻarbiy va jan.-sharqiy lahjalar oʻzaro farqlanadi. Hozirgi kxmer adabiy tiliga Pnompen shahar laxjasi asos boʻlgan. Kxmer tilining shim.-gʻarbiy va Tailanddagi lahjalarida tay tilining, jan.-sharqiy va Vyetnamdagi lahjalarida vyetnam tilining taʼsiri kuchli. Kxmer tili jan. hind alifbolaridan biriga asoslangan boʻgʻin-tovushli yozuvga ega. Unda 33 ta asosiy harf, 12 ta qoʻshimcha belgi va yana bir qancha yordamchi belgilar mavjud.[2]
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Gorgoniyev Yu. A., Grammatika kxmerskogo yazika, M., 1966.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |