Bolgariya mustaqillik kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shoh Ferdinand, bosh vazir Aleksandr Malinov, hukumat aʼzolari va mustaqillik eʼlon qilingan generallar

Bolgariya mustaqillik kuni (bolgarcha: Ден на Независимостта на България) Bolgariya milliy bayrami. 22-sentyabr kuni suveren Bolgariya qirolligi eʼlon qilingan kun sifatida nishonlanadi. Mamlakatda paydo boʻgan eng yosh bayramlardan biri.

Mustaqillik deklaratsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mustaqillikning eʼlon qilinishi 1908-yil 22-sentyabrda Bolgariya knyazi Ferdinand I Veliko Tırnovo shahridagi Qirq jafokash cherkovida „Bolgariya mustaqilligi toʻgʻrisidagi manifest“ni oʻqib berishi bilan sodir boʻldi. Mustaqillik eʼlon qilinishidan oldin Bolgariya knyazligi rasman Usmonli xalifaligining vassali boʻlgan va barcha tashqi siyosat ishlarida turk sultonining roziligini soʻragan. Shundan soʻng, mustaqil Bolgariya Bolgariya Qirolligi deb nomlandi.

Eng yangi tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakatning kommunistik boshqaruv davrida bu bayram nishonlanmagan. Mamlakatning eng yangi tarixida ushbu Mustaqillik kuni 1998-yildan beri qayta nishonlanib kelinmoqda. Bayramning asosiy tantanalari poytaxt Sofiya shahrida emas, balki „Mustaqillik manifesti“ oʻqilgan Veliko Tirnovo shahrida oʻtkaziladi. Bayram tadbirlari Bolgariya Mustaqillik monumentida Manifestni tantanali oʻqish bilan boshlanadi va 22-sentyabr kuni kechqurun Sareves nomli shahar tepaligida ochiq osmon ostida sahnalashtirilgan tomosha boʻlib oʻtadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • The Principles of International Law, 4th, Boston, New York, Chicago. 
„The Bulgarian Declaration of Independence, 1908.“,. Handbook for the Diplomatic History of Europe, Asia, and Africa 1870-1914. Washington, DC
National Board for Historical Service, Government Printing Office, 1918. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]