Bolalar falaji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bolalar falaji

Miya shikastlanishi bilan tugʻilgan bola.
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos nevrologiya, Pediatriya
KXK-10 G80
KXK-9 343
OMIM 603513 605388
DiseasesDB 2232
MedlinePlus 000716
eMedicine neuro/533
Patient UK Bolalar falaji
MeSH [http://www.emedicine.com/pmr/topic24.htm pmr/24 pmr/24]

Bolalar falaji — nerv sistemasining turli zararlanishlari oqibatida roʻy beradigan va reflektor-harakat faoliyatining, baʼzan ruhiyat va nutqning buzilishi bilan kechadigan kasalliklar guruhi[1][1]. Bosh miyaning spastik (iyerebral) falaji va periferik nervlar zararlanishidan kelib chiqadigan (shalviratuvchi) falajlikdan farq qiladi. Bolalar spastik falaji koʻpincha qoʻl, oyoq va tana muskullari falaji, aqliy rivojlanishning sekinlashuvi, tutqanoq tutishi, giperkinez (ixtiyorsiz harakatlar paydo boʻlishi), zararlangan qoʻloyoqlarda trofik oʻzgarishlar roʻy berishi koʻrinishida namoyon boʻladi. Koʻkyoʻtal, difteriya, qizamiq, fipp va boshqa yuqumli kasalliklar ensefalit bilan asoratlanganda spastik falaj kuzatilishi mumkin. Tugʻruq ogʻir kechganda, tugʻruq vaqtida bola kallasi shikastlanganda va boshqa hollarda koʻpincha spastik falaj kelib chiqadi. Bolaning chala yoki boʻgʻilib tugʻilishi, miyasiga qon quyilishi oqibatida ham spastik falaj roʻy berishi mumkin. Buni birinchi boʻlib ingliz vrachi U. Litl tavsif etgani uchun Litl kasalligi deb ham yuritiladi. Bunday falaj ogʻir kechganida, bola tugʻilganda qimirlamaydi, oyoqlari bir tekis tarang turadi, maʼlum vaqtdan keyin muskullari tortishib oyoqlari chalishadi, bola oʻtira yoki yura olmaydi; borabora uning ahvoli bir oz yaxshilanishi mumkin. Falaj yengil boʻlsa, bola oʻsgani sari ahvoli yengillashadi, kech oʻtiradi, kech yuradi, qoʻllarini tuzuk ishlata olmaydi. Muskullar oʻta tarangligi tufayli bola yurganda oyoqlari chalishadi, sonlari ichkariga buralib, tizzalari bir-biriga takalib turadi, u faqat oyoq uchida mayda qadam tashlab yuradi. Bola hayajonlanganda, behosdan qattiq tovush eshitganda va boshqalarda muskullar tortishuvi kuchayadi, ixtiyoriy harakatlar qiyinlashadi va aqliy rivojlanishi kechikadi. Bemorni faqat vrach davolaydi, kasallikning barcha shakllarida mutaxassisga oʻz vaqtida murojaat etish va uning tavsiyasiga binoan davolanish zarur[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Cerebral Palsy: Hope Through Research“. http://www.ninds.nih.gov (2-fevral 2015-yil). 2013-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2015-yil. (Wayback Machine saytida 2013-08-23 sanasida arxivlangan)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil