Bogʻiston mahallasi (Chilonzor tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bog'iston

Bog'iston mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Chilonzor
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700003
Avtomobil kodi 01

Bogʻiston mahallasi (7-mavze, 45a-uy) Chilonzor tumanidagi mahalla. „Oqtepa“, „Qatortol“ va „Lutfiy“ mahallalari bilan chegaradosh. 2005-yilda „Oqtepa“ mahallasidan ajralib chiqqan. Bu yerlar oʻtmishda bogʻlari bilan mashhur boʻlgani uchun „Bogʻiston“ deb atalgan. Aholisi 5150 kishi, asosan, o'zbeklar, shuningdek, 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi (2009). Mahalla hududida oʻrta maktab, 2 ta bolalar bogchasi, toʻyxona, masjid, 5 ta oziq-ovqat doʻkoni, 3 ta dorixona, kafe, sartaroshxona, poyabzal taʼmirlash ustaxonasi mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 147 bet.