Boburjon Tagayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bobirjon Tagayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi O'zbekiston Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1993-yil 5-aprel
Samarqand
Sport
Qaysi sport Muaytay

Bobirjon Sobirjon oʻgʻli Tagayev (1993-yil 5-aprelda, Samarqand shahrida tugʻilgan) – oʻzbek muaytay kikbokschisi. 2014—2016-yillarda Osiyo plyaj oʻyinlarida qatnashgan va 2014-yilda 63,5 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan[1].

Muaytaydagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havaskorlik faoliyati

2014—2016-yillarda Tagayev 2014-yilgi Osiyo plyaj oʻyinlarida qatnashgan va 63,5 kg vazn toifasida 2014-yilgi Osiyo plyaj oʻyinlarining oltin medalini qoʻlga kiritgan[2].

Musobaqa davomida Tagayev

Nimchorak finlada Amir Ibrohimni (IRQ) umumiy 5:0 hisobida magʻlub etib chorak final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Chorak final: Jonatan Polosanni (PHI) umumiy 5:0 hisobida magʻlub etgan va yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan.

Yarim final: Võ Văn Đài KOBni(VIE) 1-urinishning oʻzidayoq magʻlub etgan va musobaqaning yakuniy baxsiga yoʻllanma olgan.

Final baxsida Xitoylik Yuan Bingni umumiy 5:0 hisobida magʻlub etgan.

2014-yil Tailandda boʻlib oʻtgan Muaytay boʻyicha jahon chempionatida 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan[3].

2015-yilda Muaytay boʻyicha Jahon kubogidagi ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqada 63,5 kg vazn toifasida qatnashgan Tagayev Bobirjon birorta baxsda magʻlubiyatga uchramasdan final oʻyiniga qadar yetib kelgan. Final oʻyinida Tailand vakili Suphamongkol Pongpeera bilan ringga tushgan. Final oʻyini toʻliq Oʻzbekistonlik sportchining ustunligi bilan oʻtgan va Tagayev raqibi ustidan birinchi raunddayoq gʻalaba qozonib, Jahon kubogining oltin medalini qoʻlga kiritgan[4].

Professional faoliyati

Professional jangchi sifatida jami 73 ta jang oʻtkazgan va ularning 65 tasida gʻalaba qozongan. Statistika maʼlumotlariga koʻra bu natijasi bilan Tagayev dunyoda Muaytay reytingida 54-oʻrinni egallan.

2017-yil 1-sentabrda Top King World Seriesda oʻzining ilk jangida ringga chiqgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Navarro. „2 PH beach volleyball teams still around“ (en). INQUIRER.net (2014-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  2. „Daryo — yangiliklar daryosidan chetda qolib ketmang!“. m.daryo.uz. 2022-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-oktyabr.
  3. „Чемпионы из Самарканда | Obщestvo | IP „UZINFORM““. www.uzinform.com. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  4. „An Electrifying Night for the Finals of the FISU IFMA MUWC – International Federation of Muaythai Associations“ (en-US). Qaraldi: 2023-yil 15-mart.
  5. Kay. „Top King World Series Semi-Finals 70 KG Descends On Fujian China“ (en-US). Muay Thai Citizen (2017-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.