Kontent qismiga oʻtish

Bobur Akbarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bobirjon Akbarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bobirjon Akbarov[1][2]
Tavallud sanasi 1989-yil 14-fevral (1989-02-14) (37 yosh)[3]
Tavallud joyi Andijon, Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)[1]
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2013 Guliston 23 (2)
2014 Bunyotkor 3 (0)
2014—2015 Navbahor 37 (0)
2016 Andijon 24 (0)
2017—2018 Kuala Lumpur 41 (3)
2019 Andijon 21 (0)
2020—2021 Qoʻqon 1912 42 (2)
2022 Surxon 23 (1)
2023—2024 Qoʻqon 1912 33 (3)
2024 Xorazm 10 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Boburjon (Bobir, Bobur) Akbarov (1989-yil 14-fevral, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, Himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobirjon (baʼzi manbaalarda Bobur[4][5]) Akbarov 1989-yil 14-fevralda Andijon shahrida tugʻilgan.

Markaziy himoyachi sifatida futbol oʻynaydi. Professional faoliyatini 2013-yilda Oʻzbekiston chempionatida 13-oʻrinni egallab, birinchi ligaga tushib ketgan „Guliston“ tarkibida boshlagan. Akbarov 23 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan.

2014-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga oʻtib[6], uning tarkibida Oʻzbekiston Superkubogini qoʻlga kiritgan. Osiyo chempionlar ligasida Saudiya Arabistonining „Al-Fateh“ (0:0) va Qatarning „Al-Jaish“ (1:2) klublariga qarshi oʻynagan. Milliy chempionatda „Bunyodkor“ tarkibida bor-yoʻgʻi 3 ta oʻyin oʻtkazgan va mavsum davomida Namangandan „Navbahor“ga koʻchib oʻtgan. Ikki mavsumda uning uchun 37 ta oʻyin oʻtkazgan.

2016-yilda oxirgi oʻrinni egallab, birinchi ligaga tushib ketgan „Andijon“ safida 24 ta oʻyinda ishtirok etgan[7][8].

2017—2018-yillarda Kuala-Lumpur uchun Malayziya chempionatida ishtirok etgan[9]. Birinchi mavsumda u bilan Premyer-liga turnirida gʻolib chiqdi va Superligaga yoʻl oldi, Kuala-Lumpur esa 10-oʻrinni egalladi. Akbarov 41 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi.

2019-yilda u yana Andijonda oʻynadi[10], 21 ta oʻyin oʻtkazdi. 2020-yilda „Qoʻqon-1912“ga koʻchib oʻtdi[11]. 2022-yilgi mavsumda Termizning „Surxon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi[12][13], lekin mavsum yakunida „Qoʻqon-1912“ jamoasiga qaytdi[14][15].

  1. 1 2 „Bobirjon Akbarov profile“. Football Malaysia. Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.[sayt ishlamaydi]
  2. „Bobur Akbarov“. FussballTransfers. Qaraldi: 2017-yil 8-dekabr.
  3. „Player profile - Bobur Akbarov“. Eurosport. 2017-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 8-dekabr.
  4. „Bobur Akbarov - профиль игрока 2020“ (ruscha) (oʻlik havola tarix ). _. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.[sayt ishlamaydi]
  5. „Uzbekistan - B. Akbarov - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“. int.soccerway.com. 8-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-avgust 2020-yil.
  6. „Бобур Акбаров: "Бунёдкор” либосида майдонга тушиш мен учун шараф"“. 2023-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  7. „"Андижон” клуби футболчиси "Куала-Лумпур” таркибида кўрикдан ўтмоқда“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  8. „"Андижон": Бобоқулов кетди. Таркибга Акбаров қўшилди“. 2023-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  9. „Бобуржон Акбаров Малайзия клуби билан шартнома тузди“. 2023-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  10. „"Андижон" бир қатор футболчиларни ўз сафига қўшиб олди“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  11. „"Қўқон-1912" янги мавсум учун қайси футболчиларни рўйхатдан ўтказди?“. 2023-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  12. „Бобур Акбаров энди "Сурхон"да“. 2023-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  13. „Бобур Акбаров "Сурхон"ни тарк этди“. 2023-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  14. „"Қўқон-1912" бир кунда иккита ўйин ўтказди ва...“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
  15. „Расман! "Қўқон-1912" жамоаси сардори билан шартномани узайтирди“ (2024-yil 7-yanvar).