Bobil-ossuriya madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bobil-ossuriya madaniyati — qadimda (miloddan avvalgi 4—1-ming yillik) Mesopotamiya (hozirgi Iroq hududi)da yashagan va Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya kabi yirik davlatlar barpo etgan xalqlar — shumerlar va akkadlar, bobilliklar va ossuriyaliklar madaniyati; bir tomondan kjsak darajada taraqqiy etgan ilmfan, adabiyot va sanʼat hamda boshqa tomondan diniy mafkuraning ustuvor boʻlganligi bilan ajralib turgan.

Bu xalqlarning moddiy madaniyati nisbatan yuqori darajada boʻlgan. Birok tosh qurollar faqat miloddan avvalgi 3-ming yillik boshlariga kelgandagina uzilkesil isteʼmoldan chiqqan. Metallurgiyada 3-ming yilliqda quymachilik, temirchilik, zarbchilik, oltin va kumush simlar tayyorlash, nafis zargarlik usullari maʼlum boʻlgan. Asosiy qurilish materiali xom gʻisht (guvala) va maʼlum darajadagina pishiq gʻisht hisoblangan; binolarni gumbazli qilib qurish, yerning zaxini qochirish, zovurlar ochish va boshqa usullar maʼlum boʻlgan, lekin unchalik rivojlanmagan. Keyinroq texnika taraqqiyoti kurtaklari sezilarli darajada burta boshlagan. Harbiy texnika takomillashgan — aravalarda jang qiladigan qoʻshinlar (2-ming yillik boshida), mis sovutlar (2-ming yillik oʻrtalaridan), otliq askarlar, qilich, mustahkamlangan harbiy istehkomlar, qamal qilish qurollari — oʻtkir uchli xoda (taran)lar paydo boʻlgan, tosh koʻpriklar, charm meshlardan qalqma koʻpriklar qurilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda Ossuriya va Bobilda temir qurolyarogʻlar paydo boʻldi, hunarmandchilikda olmos parma ishlatila boshlandi. taxminan 2 va 1 ming yillik oʻrtalarida yangi sugʻorish texnikasi — charxpalaklar va charm paqirli "uzluksiz" arqon suv chiqargichlar paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 7-asrda Ossuriyada dastlabki tosh quvur (akveduk) qurildi.

Fan taraqqiyotining muhim omili insonning xoʻjalik faoliyati boʻldi, chunki u oʻlchovlar tizimini ishlab chiqishni, yer maydoni oʻlchamlarini, don omborlari va sunʼiy suv havzalari hajmini aniqlash usullarini bilishni, kanallar qazish, imoratlar qurish va hunarmandchilikda band boʻladigan ishchi kuchini hisoblay olishni talab qilardi. Ana shu omillarning natijasi oʻlaroq miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirida shumerbobil matematika si yaratildi. Bobil matematiklari shumerliklar ilgariroq yaratgan oltmishlik pozitsion hisob tizimidan keng foydalanishgan; shu tizim asosida turli hisoblash jadvallari: sonlarni boʻlish va koʻpaytirish, sonlarning kvadratlari, kublari hamda kvadrat va kub ildizlari va boshqa jadvallarni tuzishgan (qarang Matematik mixxat matnlari). Bobilliklar kvadrat tenglamalarni yechishgan, "Pifagor teoremasi"ni va turli "Pifagor sonlari"ni topish usullarini (Pifagordan ming yildan ortiq vaqt ilgari) bilishgan; yer maydonlari, joylar, ayrim binolar tarxlarini chizishgan (lekin masshtabga rioya qilishmagan), fazoviy jismlarning hajmini aniqlay olishgan.

Bobilliklar kimyo borasida ham katta muvaffaqiyatlarga erishishgan, bu yutuqlar albatta sof amaliy tarzda boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikdan boshlab jez tayyorlashning koʻplab reseptlari saqlanib qolgan, sirkori sopol buyumlar va ularning rangbarang naqshlari maʼlum boʻlgan.

Bobilda geografik tasavvurl a r ni ibtidoiy chizmalar — "dunyo haritasi"da umumlashtirishga harakat qilingan. Haritada yer yassi koʻrinishda va uni togʻlardan oqib keluvchi Dajla va Furot daryolari kesib oʻtgan tarzda tasvirlangan. Bularning hammasi dunyo okean bilan oʻralgan va yer ham uning ustida suzib yuradi deb tasavvur qilingan. Bobilliklar oʻzlari yashayotgan joyni odamlar yashaydigan quruqlikning markazi deb bilganlar. Okean "osmon toʻgʻoni" bilan oʻralgan, uning ustida bir necha (uchta yoki yegtita) osmon gardishi oʻrnashgan, yer ostida esa jahannam ("Ulugʻ togʻ") joylashgan deb oʻylaganlar. Lekin savdo ishlari bilan uzoqyaqin mamlakatlarga qatnagan bobillik savdogarlarning geografik tasavvurlari ancha keng boʻlgan (1-ming yillik boshlarida ularga Pirenei ya.o.dan Hindiston ya.o.gacha boʻlgan yerlar maʼlum edi).

Oʻsha davrda tibbiyot ham jadal rivojlandi. Jarrohlik yoʻli bilan oyoqqoʻllarni kesib tashlash, singan joylarni bitirish, koʻzga tushgan oqlarni olib tashlash va boshqa tibbiy muolajalar bajarilar edi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmidan va 1-ming yillikning 1 yarmidan hozirgacha yetib kelgan tibbiy matnlarda inson tanasining boʻlaklari anatomik tizimga solinganligi maʼlum boʻldi. Baʼzi kasalliklar va tegishli dori-darmonlar ham muayyan tizimga solingan ekan.

Astronomik va meteorologik qaydlardan ilmi nujum (astrologiya) va falakiyotshunoslik (astronomiya) rivojlana boshladi. Qoʻzgʻalmas yulduzlarga zid oʻlaroq ohista oʻtlab yurgan qoʻylarga qiyoslasa boʻladigan sayyoralar aniklandi va ular "bibbu" (sayyora) va "echki" (oʻzb. "qoʻy") deb ataldi. Har qaysi sayyora oʻziga monand alohida nom bilan ataldi ("bibbu" deb atalgan Merkuriydan tashqari): Zuhra (Venera) — "Dilbat", Yupiter — "Mulubabbar" ("yulduzquyosh"), Mars — "Zalbatanu" va Saturn — "Kaymanu". Sayyoralar harakatini kuzatish ham oʻsha davrda boshlandi; xususan, Zuhra sayyorasining harakatini oʻrganishga doir matnlar saqlanib qolgan. Falakiyotshunoslikning qiyosan tezroq rivojlanishiga sabab oy takvimi (kalendar)ga ehtiyoj kattaligi boʻlsa ajab emas. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalaridayoq yulduzlar turkumlarining bayoni berildi, yoritqichlarning geliakal chiqishlari qayd qilib borildi va boshqa Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalaridan boshlab kabisa oylarni kiritish uchun qatʼiy qoidalar belgilandi, hisoblash falakiyotshunosligi jadal rivojlandi. Bobil falakiyotshunoslarining fanga qoʻshgan katta hissasi sarosning ochilishi boʻldi.

Bobil falakiyotshunosligi qoʻshni xalqlar, shu jumladan, qad. yunon faniga ham katta taʼsir koʻrsatdi.

Shumerbobil oʻlchovlar va toshlar tizimi qad. Old Osiyo oʻlchovlar tizimiga ham asos boʻldi, oltmishlik pozitsion sanoq tizimi esa bizning davrimizgacha yetib keldi. Maye, graduslar (soatlar), minutlar va sekundlar aynan "oʻsha" oltmishlik tizimiga asoslangan.

Bobil fani asoslari bilan qoʻshni xalqlar — elamiylar, xurriylar, xettlar, finikiyaliklar ham tanish boʻlishgan. Unga Ossuriyaning qoʻshgan ulushi uncha sezilarli boʻlmagan, lekin Bobilda yaratilgan ilmiy asarlarning aksariyati mil.av 12—7-asrlarga oid Ossuriya kutubxonalari orkali hozirgi davrgacha yetib kelgan. Yunon ilmfani Bobil ilmfanining ayrim yutuklarini (Finikiya va Kichik Osiyo orqali) oʻzlashtirgan, ammo Bobil astronomiyasi yunon astronomiyasiga bevosita taʼsir koʻrsatgan.

Miloddan avvalgi taxminan 2100 yilda tuzilgan "Podshohlar roʻyxati"ni tarixning fan sifatida boshlangan payti deb hisoblaydigan ilmiy konsepsiya mavjud. Bu asar eng qad. davrlardan — "podshohlik osmondan tushgan" paytdan to soʻnggi podshohlargacha boʻlgan davr mobaynidagi tarixiy voqealarning bayonidan iborat. Bu roʻyxat podshoh hokimiyatini mutlaq ekanligi gʻoyasini asoslash uchun tuzilgan.

Avval suratlar, keyinchalik rivojlanish jarayonida vujudga kelgan mixxatlar tarzidagi yozuv belgilari roʻyxatini koʻhna Ikki dare oraligʻiga mansub ilk ilmiy bitiklar deb hisoblash mumkin. Xuddi shunday belgilar asosida yozilgan terminlar roʻyxati ham bor. Bu kabi roʻyxatlar taxminan miloddan avvalgi 3-ming yillikda tuzilgan. Keyinchalik turmush taqozosiga koʻra filologiya sohasida muayyan bilimlar toʻplangan. Shumer tili jonli soʻzlashuvdan qolib, uning oʻrnini akkad tili egallashi munosabati bilan shumer tilini din va oʻqituv (maktab) tili sifatida oʻrganish uchun qoʻllanmalar yaratilgan, turli sohalarga xususan, oʻsimliklar, hayvonot va minerallar va boshqalarga oid soʻzlar, maxsus terminlar roʻyxati tuzilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlarida shumerakkad umumiy va terminologik lugʻatlari paydo boʻlgan, hatto etimologik lugʻatlar tuzish uchun harakatlar boʻlgan. Keyinchalik mazkur hududda va undan tashqarida koʻp tilli lugʻatlar ham tuzilgan: mas, shumerakkadgarbiy somiyxurriy, shumerakkadxett va boshqa Grammatikaga oid qoʻllanmalar tuzilgan. Koʻhna Ikki dare oraligʻida ilmfan oʻchogʻi boʻlib (2-ming yillik oʻrtalarigacha) edubbalar, yaʼni dunyoviy bilimlar beruvchi maktabakademiyalar hisoblangan, ularda asosan mirza (xattot)lar tayyorlangan. Yana ehromlar maktabi ham mavjud boʻlganligi ehtimoldan xoli emas. Maʼlumotli kishi uchun mirzolik faxrli unvon boʻlgan. Iqtidori hamda ixtisosligiga koʻra mirzolarning 20 turi farqlangan. Maktabga oid didaktik matnlar orasida dehqonchilik boʻyicha qisqacha maʼlumotnoma hisoblangan "Dehqon uchun oʻgitlar" ayniqsa mashhurdir. Bizgacha yetib kelgan mif larda asosan sugʻorma dehqonchilik, hamda oʻtroq ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullanuvchi aholining tasavvurlari oʻz aksini topgan. Ikki daryo oraligʻidagi qad. xalkdar tushunchasiga koʻra, yer tekis boʻlib, suv ustida turadi, atrofi ham suvliklar bilan oʻralgan. Bu suvlar yer yuziga quduq va daryo suvlari sifatida chiqadi, ular osmon suvlaridan "Osmon toʻgʻoni" bilan ajratilgan va bu toʻgʻonda bir necha qattiq osmon jismlari — havo, Quyosh, Oy, sayyoralar hamda harakatlanmaydigan yulduzlar joylashgan. Yer qaʼri — oʻliklarning zulmatga choʻmgan shahri. Olam yoki ona xudo, yoki erkak xudo (Enlil, Marduk; keyingi davr mifologiyasida) yaratilgan. Mac, Bobil miflariga koʻra (miloddan avvalgi 2-ming yillik) keksa avlod va yosh avlod xudolar oʻrtasidagi kurashda keksa xudolarga maʼbuda Tiamat ("Dengiz"), yosh xudolarga maʼbud Marduk boshchilik qilgan. Marduk Tiamatni halok etadi va uning tanasini ikki nimta qiladi. Bir boʻlagini yer osti suvlariga, ikkinchi boʻlagini osmon suvlariga aylantiradi. Toʻfon haqidagi mif boshqa miflar orasida alohida diqqatga sazovor. Unda aytilishicha, bu toʻfonda yolgʻiz bir odam — donishmand Ziusudr (shumer mifologiyasida; akkad mifologiyasida — Utnapishti) kemada qutulib qolgan. Bu miflarga hayotiylikni balki Ikki daryo oraligʻida tez-tez yuz berib turgan halokatli suv toshqinlari baxsh etgan boʻlishi mumkin. Maʼbuda Innin (shumerlarda; akkadlarda — Ishtar) haqidagi mifda bayon qilinishicha, u marxumlar maʼbudasi bilan bahslashish uchun oʻliklar dunyosiga tushadi, ammo oʻz sevgilisi Dumuzini oʻzi uchun tovon sifatida oʻliklar maʼbudasiga qoldirib yer yuziga qaytib chiqishga muvaffaq boʻladi. Eng qiziqarli qahramonlik miflari mahalliy turkumlarga guruxdanadi. Uruk shahri miflari turkumi ichida Enmerkar, Lugalband va Gilgamesh nomlari bilan bogʻliq miflar eng diqqatga sazovor miflardir. Shuningdek, burgut va ilonning bir-biriga dushmanligi hamda qahramon Etanining burgut ustida koʻkka koʻtarilishga urinishi haqidagilari mashhur.

Ikki daryo oraligʻida yashagan qad. xalqdarning d i n i izchil aqida tizimidan emas, balki ayrim mahalliy maʼbudlarga sigʻinishdan iborat edi. Ammo bu hol boshqa maʼbudlarga sigʻinishni istisno etmasdi. Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida mazkur din muhim oʻzgarishlarga duchor boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillikda shumerlar dinida ayniqsa ayrim jamoalarning homiylari boʻlmish maʼbud va maʼbudalarga sigʻinish kuchayadi, bular, odatda, oʻsimlik dunyosi hamda sugʻorma dehqonchilikning ham maʼbudlari edi. Quyosh maʼbudi — Utu, Oy maʼbudi — Zuen (Nanna), Osmon maʼbudi — An, muhabbat va Venera (Zuxra) yulduzi maʼbudasi — Innin (Inanna), yer osti suvlari maʼbudi, donolik va madaniy ixtirolar homiysi — Enki kabilarga hamma joylarda sigʻinilsada, ularning oʻz jamoa markazlarida ham ibodat qilinardi. Enlil maʼbudi — eng oliy maʼbud hisoblanar, Enlil, An va Enki ulugʻ maʼbudlar uchligini tashkil etardi. Oʻsimliklar dunyosi, shuningdek chorvachilik sohasining oʻlib boruvchi va qayta tiriluvchi maʼbudlari — Dumuziabzu (Tammuz) va boshqalarga topinish ham, shumerlar hayotida zoʻr ahamiyatga molik ibodat deb sanalardi. Shumerlar oʻlimdan keyingi dunyoni qopqorongʻu yer osti shahari deb tasavvur etishardi. Bu zulmat shahrida Ereshkigal maʼbudasi (yoxud Nergal maʼbudi) hukmronlik qilarmish. Yaxshilik va yovuzlik ruxdariga ishonish ham keng tarqalgan edi.

Miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirida yagona mustabid davlat mustahkamlana bordi. Shu tufayli mahalliy maʼbud va maʼbudalarga sigʻinish oʻrnini butun mamlakat uchun umumiy boʻlgan maʼbudga topinish egalladi. Diniy tizimda kishilar maʼbudlarga qurbonlik keltiruvchi qullar darajasiga tushib kolli, shohlik hokimiyati esa ilohiy kuch deb eʼlon qilindi.

Ikki daryo oraligining somiy (akkad) aholisi dastlab oʻz qabila maʼbudlariga sigʻinardi. Ammo miloddan avvalgi 3-ming yillik oʻrtalariga kelib Ikki dare oraligida yashovchi somiylar dinida ham shumer maʼbudlari hukmronlik kila boshladi. Maʼbudlarning bir qismi shumer maʼbudlariga xos nomlar bilan bir qatorda yoxud ular oʻrniga somiycha nomlar bilan ham atalardi (Enlil — Bel, Innin — Ishtar, Utu — Shamash, Enki — Ea, An — Anu, Nanna — Sin va h. k.).

Bobil ravnaq topgan davrda (miloddan avvalgi 18-asr) mazkur shaharning homiy maʼbudi Marduk — oliy maʼbud deb eʼlon qilingan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikda ayrim maʼbudlarning samoviy jismlar bilan tenglashtirilishi negizida astral eʼtiqrdlar rivojlandi. Shim.sharkiy Ikki dare oraligida, Ossuriyada ayni shu umumiy maʼbudga sigʻinish keng tarqaldi, bunga ayrim mahalliy (xurriy va boshqalar) maʼbudlarga topinish ham qoʻshildi, ammo Ossuriya bosh shahrining homiysi — Ashshur oliy maʼbud hisoblanib, u shahar nomi bilan shunday deb atalardi. Oliy maʼbud (Enlil, Marduk yoki Ashshur) bilan bir katorda 7 yoki 12 ta bosh maʼbud ham tan olinardi.

Qabila boshligʻiga jamoa hayotiy kuchqudratining timsoli sifatida sigʻinishga asoslangan tasavvurlar ham saqlanib qolgandi. Bobilda har yili marosim oʻtkazilib, unda podshoh oʻrnini vaqtinchalik kambagʻal bir kishi yoxud qul egallar, uni bosh kohin uribsavalab qoʻyardiki, bu udum ham keksayib, kuchdan qolgan qabila boshligʻinioʻldirish marosimining qoldigʻi edi. 2—1-ming yillnkda gunoh va tavbatazarru tushunchasi keng tarqaladi, ammo bu ham asosan marosim tarzida qabul qilinardi. Kohinlik kasb sifatida Ikki daryo oraligʻida juda erta — 4-ming yillikdayoq vujudga keldi. Hukmdor (podshoh) — kohin hisoblanardi. Ibodat rusumlarini oʻtkazish maqsadida miloddan avvalgi 4-ming yillikda jamoa ehrom xoʻjaliklaridan maxsus katta ehrom xoʻjaliklari ajralib chiqdi, keyinchalik ular podshoga qarashli xujaliklarning tarkibiy qismlariga kiritildi.

Ikki daryo orasidagi xalqlarning miloddan avvalgi 3-ming yillik 1-yarmidagi adabiyoti deyarli ogzaki boʻlgan. Miloddan avvalgi 19—18-asrlarga taalluqli yozma manbalar orqali bizga qadar yetib kelgan shumer epik qoʻshiqlari aynan oʻsha davrlarga mansub boʻlsa kerak. Uruk shahri qahramonlari — Enmerkar, Lugalband, Gilgamesh va boshqa haqidagi bir turkum qoʻshiklarda baʼzi tarixiy maʼlumotlar ham uchraydi. Ilonlar kushandasi Lugalband, Innin maʼbudasining majnuntoli va boshqa haqidagi qoʻshiqlar esa mifologik tavsifga ega. Maʼbuda Inninning doʻzaxga tushishi haqidagi eʼtiqodiy epik qoʻshiq arxaikligi bilan ajralib turadi. Oltin davr, madaniy kashfiyotlarning vujudga kelishiga bagʻishlangan etiologik epik qoʻshiqlar ancha keyingi davrlarga mansub. Miloddan avvalgi 24—21-asrlar podshohlar Sargon va Naramsinlarning koʻrsatgan qahramonliklari, yurishlari haqidagi shumer hamda akkad tilida kuylangan tarixiy — qahramonlik eposlari keng shuhrat topgan davr boʻldi. Shohlarni axloqsizlik va nopoklikda ayblovchi, umuman podshohlar hukmronligiga qarshi ruhdagi axloqiydiniy dostonlar ham ularga bagʻishlangan. Gilgamesh haqidagi epik dostonda (baʼzi manbalarda miloddan avvalgi 26-asr deb, baʼzilarda esa 22-asr deb koʻrsatiladi) fojiaviy inson taqdiri va abadiyatga yetkazuvchi chorani izlash yoʻlidagi urinish yuksak badiiylik bilan tasvirlangan. Miloddan avvalgi 22-asrdan boshlab baʼzi rasmiy uyma yozuvlar (shumer tilida bitilgan Gudeya ehromi qurilishi haqidagi va podshoh Utuxegalning kutiylar toʻdasi ustidan kozongan gʻalabasiga bagʻishlangan bitikdoston) vujudga kela boshlaydi. Miloddan avvalgi 18-asrga va undan keyingi davrlarga oid yozma manbalardan maʼlum boʻlgan koʻpgina pandnasihat tarzidagi adabiyotlar ham miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirlariga mansubdir. Muallifi. Shuruppak va uning oʻgʻli Ziusudr deb taxmin qilinayotgan hikmatli oʻgitlar ana shunday adabiyotlar qatoriga kiradi. Bundan tashqari, haqiqiy insoniy musibatlarni ifoda etuvchi tavbatazarrular, marsiyalar, shuningdek shumerlarning 2 ta ajoyib toʻy hamda 2 ta dafn marosimi qoʻshiklari diqqatga sazovordir. Akkad mumtoz adabiyotining shakllanishi miloddan avvalgi 16—12-asrlardagi kasidachilik adabiyoti davriga toʻgʻri keladi: 7 ta qoʻshiqsan iborat falakiyotga oid doston (huvillagan boʻshlikdan (xaosdan) olam yaralishiga, xudolarning keksa va yosh avlodlari kurashiga bagʻishlangan) shu jumladandir. Mavjud borliqqa ishonchsizlik, hatto tanqidiy koʻz bilan qaraluvchi "Nippurlik qashshoq" kabi dostonlar ham yuzaga keladi.

Ossuriyaning oʻziga xos adabiy yodgorliklari bizgacha deyarli yetib kelmagan. Faqat Bobil adabiy janrlariga oʻxshatma tarzda doston. madhiya va ibodat matnlari uchraydi; bularning baʼzilari podshoh Ashshurbanipal tomonidan yozilgan. Ossuriya adabiyotining mustaqil janri podshoh annallari hisoblanadi. Bularning baʼzilari ritmik nasr namunasi sifatida jang manzarasini jonli, rangbarang boʻyoqlarda ifoda etadi: Sargon II ning (miloddan avvalgi 714 yilda) Urartuga qilgan yurishi haqida Nabushallimshununing maʼbudga yozgan xati bunga misol boʻla oladi. Miloddan avvalgi 7-asrda Ossuriya davlati tugatilgach, biror arzigulik adabiyot namunasi yaratilmagan. Koʻhna Bobil, shuningdek qisman shumer koʻhna adabiy yodgorliklari (asosan diniy mavzudagi) miloddan avvalgi 1-asrgacha jonli oromiy tilits" qayta koʻchirib kelingan. Annallar, yilnomalar va bashoratlardan tashqari koʻhna Ikki daryo oraligi xalklarining barcha adabiyoti sheʼriy asarlardir.

Qad. dunyo badiiy madaniyatida miloddan avvalgi 4—1-ming yilliklardagi Mesopotamiyaning qabila va xalklarining nafis sanʼati muhim oʻrin tutadi. Mesopotamiyada Qad. Misrda boʻlgani singari meʼmorlik, haykaltaroshlik, sanʼatlar uygʻunligi, inson va atrof muhit tasvirining keyingi davrlarga xos boʻlgan koʻpgina turlari ilk bora shakllanib taraqqiy etdi.

Mesopotamiyadagi qad. badiiy yodgorliklar (loydan qoʻlda yasalgan diniy boʻyama sopol idishlardagi bir xil qolipdagi geometrik naqshlar va uslublashtirilgan qush, hayvon va inson tasvirlari; loydan yasalgan haykallar) miloddan avvalgi 5—4-ming yillikka oid. Miloddan avvalgi 4-ming yillikning oʻrtalaridan kulollik charxi paydo boʻldi, devorlari baʼzan rangbarang loy qalpoqchalar shaklida geometrik koshinkori naqshlar bilan bezatilgan ibodatxonalar qurilishi rivojlandi (Urukdagi xom gʻishtdan ishlangan baland supa ustiga qurilgan tarhi toʻgʻri toʻrtburchakli "Oq ibodatxona"). JamdatNasr davri (miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri — 3-ming yillik boshlari)da mukammal haykaltaroshlik rivojlandi (Urukdan topilgan ayol boshi; miloddan avvalgi 3-ming yillik, Iroqmuzeyi, Bagʻdod). Mesopotamiya boʻrtma haykaltaroshligi shakllandi (Urukdagi yuzasi hoshiya qavatlarga maishiy lavhalar inson va hayvonlarning shakllari bilan bir maromda almashinib takrorlanuvchi yassi boʻrtma tasvirli idish, Iroq muzeyi, Bagʻdod), toshga naqsh oʻyish sanʼati (gliptika) yuksak darajada rivojlandi.

Shahardavlatlar tashkil topgan davrda (miloddan avvalgi 3-ming yillik boshlarida) sanʼatda shartlilik va qoidaga amal qilishlik belgilari rivojlangan. Shumerning yuksalish davrida podshoh hokimiyati va kohinlar taʼsirining kuchayishi ibodatxonalar meʼmorligi rivojida muhim rol oʻynadi. Maʼbudlarning buyukligini taʼkidlashga intilish meʼmoriy inshootlarning ulugvor geometrik sodda tuzilishida namoyon boʻldi. Toʻgʻri toʻrtburchak (murabba) tarhli ibodatxonalar poydevori baland (binoni zax bosishdan saklash uchun) maxsus hosil qilingan tepalikka xom gʻishtdan qurilgan. Shumerning ilk sulolalariga oid ibodatxona meʼmorligiga koʻppogʻonali minora — yuqorisida "Maʼbud uyi" boʻlgan zikkuratlar kiradi. Urdagi zikkurat (miloddan avvalgi 22—21-asrlar) uchta ustmaust oʻrnatilgan kesik piramidadan iborat: zikkurat peshayvoni tashki zinapoyalar bilan oʻzaro bogʻlangan, qatlamlari turli ranglarga boʻyalgan. Shumerning yassi tomli va tarhi toʻgʻri toʻrtburchakli, atrofi baland devor bilan oʻralgan hovlili turar joy binolari keyinchalik ibodatxonalar va saroylar meʼmorligiga taʼsir etgan.

Shumerning mayda shakllar haykaltaroshligi (maʼbudga siginayotgan tosh va jezdan ishlangan haykalchalar) sodda va boʻlinmas shakllardan iboratligi bilan ajralib turadi. Urdagi "podshohlar" maqbarasidan chiqqan buyumlar — naqshinkor qalpoq (dubulgʻa), toj va xanjar, uning qini naqshlar bilan nafis ishlangan, oltin va lojuvarddan ishlangan hoʻkiz boshi jonli ifodalangan (arfa bezagi).

Mesopotamiyaning Akkad sulolasi hukmronligi ostida birlashgan davriga oid (mil av. 24—22-asrlar) uncha koʻp saqlanmagan yodgorliklarda hukmdor kultining kuchayganligi aks etgan. Boʻrtma tasvirlarda shartli uslubni saqlagan holda mujassamot, shakllar hajmi, atrof muhitni koʻrsatishda koʻproq erkinlikka intilishga harakat qilingan (urush lavhalari tasvirlangan podshoh Naramsin tosh stelasi, Luvr, Parij; ov manzarasi aks ettirilgan silindrsimon muhr — hammasi miloddan avvalgi 23-asr). Mukammal haykaltaroshlikda — portret shaklini yaratishga intilish (Nineviyadagi jezdan ishlangan hukmdor boshi; miloddan avvalgi 23a, Iroq muzeyi, Bagʻdod) jezga badiiy ishlov berish usuli — rixtagarlik, kandakorlik sanʼati yuqori choʻqqiga koʻtarilgan. Akkad sanʼati anʼanalari Lagash shahri portret sanʼatida saqlangan (hukmdor Gudea haykali, miloddan avvalgi 22-asr, Luvr, Parij).

Ur davlatining III sulolasida (miloddan avvalgi 22—21-asrlar oxiri), kohinlarning byurokratik tuzumi sharoitida badiiy ustaxonalarda ishlangan shakllar soxtaligi bilan ajralib turadigan boʻrtma tasvirlarda maʼbudlarga sajda qilish sahnalari aks etgan. Bobil shahrining yuksalish davriga oid (miloddan avvalgi 18-asr) yodgorliklar oz saqlangan: podshoh Hammurapi qonunlari toʻplami bitilgan diorit yodgorlik toshining yuqori qismida Shamash maʼbudiga sajda qilayotgan podshohning boʻrtma tasviri (Luvr, Parij); Maridagi saroy devoridagi bezaklarda diniy mavzular, maʼbudlar tasviri va boshqa aks ettirilgan.

Mesopotamiya sanʼati rivojining yangi bosqichi Ossuriyaning yuksalishi bilan bogʻliq. Ossuriya sanʼati Akkad va xettlar madaniyati taʼsirida asosan miloddan avvalgi 2-ming yillikda shakllangan (Kar-Tukulti-Ninurta shahri saroyidagi boʻrtma tasvirlar, miloddan avvalgi 13-asr). Ossuriya sanʼatining rivojlangan davri Ossuriya harbiy davlatining kuchqudrati yuksalishi davriga toʻgʻri keldi (miloddan avvalgi 9—7-asrlar). Uning asosiy mavzui urushlar, gʻolib podshohni ulugʻlashdan iborat boʻlgan. Shaharlarning doimiy loyihasiga kiritilgan Ossuriya podshohlari saroylari tarhi toʻgʻri toʻrtburchak tepalikka qurilgan qalʼa koʻrinishida boʻlib, undagi koʻplab xonalar, ichki hovli atrofida assimmetrik joylashtirilgan. Hashamatli baland ravoqli peshtoq — darvozasining ikki yon tomonidagi minoralar asosida mahobatli homiyhimoyachi (odam boshli qanotli hoʻkiz) boʻlgan. Saroy majmualari toʻgʻri burchakli ibodatxona xonalari va zikkuratlar (DurSharrukindagi Sargon II saroyi, hozirgi Xorsobod; miloddan avvalgi (712—707)ni oʻz ichiga olgan. Saroylar tashqi bezagida asosiy oʻrinni ganch va ohakdan ishlangan boʻrtma tasvirlar, afsonaviy maxluqlar, jang va ov sahnalari, saroy hayoti egallagan. Miloddan avvalgi 9-asrgaoid$/>izlarga joylashgan boʻrtma tasvirlar (Kalxudagi Ashshurnasirpal II saroyi, hozirgi Nimrud, miloddan avvalgi 9-asr)da kiyimlardagi naqsh bezaklari qunt bilan bajarilganligi koʻzga tashlanadi. Insonning jismoniy kuchqudratini madh etishga intilish, inson mushaklarini boʻrttirib koʻrsatib, shakllarning basavlatligida ifodalangan. Miloddan avvalgi 8—7-asrlar boʻrtma tasvirlari bilan erkin toʻldirilgan devorlar sathida, hikoyanavislik, hayotiy sahnalarni, tabiat manzaralari, kengliklarni koʻproqaks ettirishga intilish kuchaydi (Nineviyadagi Sinaxerib saroyi boʻrtma tasvirlari, hozirgi Kuyunjik, miloddan avvalgi 705—680). Miloddan avvalgi 7-asr boʻrtma tasvirlarda hayvonlarni real tasvirlash yuksak choʻqqiga koʻtarildi, obrazlarning taʼsirchanligi va joʻshqinligi kuchaydi (Nineviyadagi Ashshurbanipal saroyidagi "Jon berayotgan ona sher" boʻrtma tasviri, miloddan avvalgi 7-asr). TilBarsib (hozirgi TelAxmar, miloddan avvalgi 8-asr) saroyida saqlangan devoriy bezaklar boʻrtma tasvirlarga uslub jihatdan yaqin, tekis va rangbarang bezaklari bilan ajralib turadi.

Ossuriya saroylari bezagida, shuningdek rangbarang sirlangan gʻishtlardan ishlangan frizlar va metall bezak buyumlar hamda boʻrtma tasvirlarda qoʻllanilgan (Balavatdagi jez qoplangan darvoza, miloddan avvalgi 9-asr, Britaniya muzeyi, London). Ossuriyaning meʼmorlik bilan bogʻliq nodir mukammal haykallariga mahobatlilik, dabdabali sokinlik va yaxlitlik xos (Ashshurnasirpal II haykali, miloddan avvalgi 9-asr, Britaniya muzeyi, London). Amaliy sanʼat yuksak darajada rivojlandi — silindrsimon muhr tayyorlash, badiiy toʻqimachilik, suyak va yogʻoch oʻymakorligi, metallga ishlov berish va boshqa

Ossuriya davlati tugatilgandan keyin (miloddan avvalgi 7-asr) Bobil sanʼati qisqa muddatli rivojlanishni boshidan kechirdi (miloddan avvalgi 7—6-asrlar — "Yangi Bobil" davri). Bobil shahri ansambli murakkab mudofaa tizimi, keng va toʻgʻri koʻchalari, Navuxodonosor II saroyi, Esagil ibodatxonasi majmuasi va 90 m li Etemenanka zikkurati bilan oʻziga xos ajoyibdir. Bobilni Axomaniylar davlati tomonidan bosib olinishi (miloddan avvalgi 538) va keyinchalik Salavkiylar davlati tarkibiga kirishi (miloddan avvalgi 4-asr oxiri) natijasida Bobil madaniyatida fors, keyinchalik ellinistik sanʼat taʼsiri seziladi. Oʻz navbatida Bobil sanʼati Eron va Parfiya sanʼati rivojiga taʼsir koʻrsatgan (qarang Parfiya podsholigi).

Abduxalil Mavrupov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil