Cum shot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Boʻshanishdan yoʻnaltirildi)
Erkak ayolning tiliga eyakulyatsiya qilmoqda

Boʻshanish — kishining jinsiy aloqa yoki masturbatsiya davomida eyakulyatsiya qilishi. Atama odatda pornografik filmlar va jurnallarda uchraydigan tasvirlar izohlarida tez-tez qoʻllaniladi. Boʻshanish bukkake singari seksual fetishizm va unga aloqador janrlarining obyektiga aylangan. Pornografik filmlarda koʻpincha videoning tugayotganligini bildirish maʼnosida, asossan yuzga boʻshanish holatida koʻproq uchraydi[1]. Eyakulyatsiya holatlari, asosan, jinsiy aʼzolar, dumba, koʻkrak yoki til kabi sherikning tana aʼzolariga qilinishi mumkin.

Atama odatda kinooperator tomonidan pornografik filmning hikoyasi doirasida qoʻllaniladi. 1970-yillardan boshlab, hardcore pornografiya janrining leytmotiviga aylangan. Ikkita istisno holatlari mavjud boʻlib, bular penetratsiya aniq koʻrsatilmagan softcore pornografiya hamda penetratsiyani oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan, lekin odatda grafik emas, balki romantik yoki tarbiyaviy boʻlishi uchun ehtiyotkor tarzda suratga olinadigan „juftliklar erotikasi“ kabi yoʻnalishalardir. Eyakulyatsiya ketma-ketligidan yiroq boʻlgan softcore pornografiya odatda baʼzi isteʼmolchilarning ochiqdan ochiq pornografik materiallarga boʻlgan nisbatan kamroq talablariga javoban hamda eyakulyatsiya tasvirlari taqiqlashi mumkin boʻlgan hukumat qonunlari yoki kabel televideniyesi qoidalariga rioya qilish uchun ishlab chiqariladi. Boʻshanish lezbianlar ishtirokidagi jinsiy aloqa aks etgan sahnalarda koʻrinmaydi (ayollar eyakulyatsiyasi mavjud, biroq nisbatan kam uchraydi).

Sogʻliq uchun xavflilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik tashish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boshqa odamning tana suyuqliklari bilan aloqa qilishni oʻz ichiga olgan har qanday jinsiy faoliyat jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarni yuqtirish xavfini oʻz ichiga oladi[2]. Sperma oʻz-oʻzidan teriga toʻkilsa yoki yutilsa zararsiz hisoblanadi[3][4]. Biroq, sperma jinsiy yoʻl bilan yuqadigan koʻplab infeksiyalarga, jumladan, OIV va gepatit uchun vositachi boʻlishi mumkin. Kaliforniya Kasbiy xavfsizlik va sogʻliqni saqlash boshqarmasi spermani „potensial yuqumli material“ yoki OPIM sifatida tasniflaydi[5].

Allergik reaksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamdan kam hollarda, odamlarda seminal suyuqlik ortidan allergik reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin. Bu kabi holatlarda allergiyasi qoʻziydigan insonalrda yuqori sezuvchanlik rivojlangan boʻladi[6]. Simptomlar mahalliy yoki tizimli, jumladan, jinsiy aloqa qilgandan keyin 30 daqiqa ichida qichishish, qizarish, shishish yoki pufakchalar paydo boʻlishi mumkin. Ular shuningdek eshakemi va hatto nafas olish qiyinlishuvini ham keltirib chiqarishi mumkin[7].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Violet Blue, (Sep 2001) A First Timer’s Guide to Watching Porn, „Facial ejaculation (men ejaculating on womenʼs faces) is pretty much a standard.“
  2. Taylor, Emma. Em & Lo's Rec Sex: An A-Z Guide to Hooking Up. Chronicle Books, 2006 — 60 bet. ISBN 978-0-8118-5212-8. 2013-yil 17-sentyabrda qaraldi. 
  3. Mann, Thaddeus. Male Reproductive Function and Semen. Springer [1981], 1981. ISBN 978-0-387-10383-9. 
  4. Scheit, Karl H.. Proteins of Seminal Plasma. John Wiley & Sons [1990], 1990. ISBN 978-0-471-84685-7. 
  5. „Cal/OSHA Health Hazards in the Adult Film Industry“. State of California. Qaraldi: 2008-yil 25-iyul.
  6. "[Vulvar contact dermatitis due to seminal allergy: 3 cases]". Ann Dermatol Venereol 132 (2): 123–5. 2005. doi:10.1016/S0151-9638(05)79221-8. PMID 15798560. 
  7. „IgE-mediated allergy against human seminal plasma“,Immunology of Gametes and Embryo Implantation, Chemical Immunology and Allergy, 2005, 2005 — 128–138 bet. DOI:10.1159/000087830. ISBN 978-3-8055-7951-3.