Leytmotiv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Leytmotiv, leytmavzu, leytohang (nem. Leitmotiv — yetakchi ohang) — musiqa asarida muayyan badiiy obrazning musiqiy inʼikosi sifatida bir necha marta takrorlanadigan ohang (kuy) iborasi, baʼzida butun kuy yoki garmonik (akkordlar) majmui. Musiqiy-sahnaviy asar (opera, balet, oʻzbek musiqali dramasi va boshqalar)larda, odatda, asosiy qahramonlar, shuningdek, muhim narsa (deylik — ishq, dramaturgik konflikt va boshqalar), muayyan hodisa yoki his-tuygʻu va boshqalarning musiqiy taʼrifi sifatida ishlatiladi. Yevropa musikasida 17-asrdan paydo boʻlib, 19-asrdan boshlab opera (K.M. Veber, M.Glinka, J.Bize, ayniqsa, R.Vagner, N.RimskiyKorsakov va boshqalar), balet (A.Adan, L.Delib, ayniqsa, P.Chaykovskiy va boshqalar), dasturli cholgʻu musiqa (G.Berlioz, R.Shtraus va boshqalar)da keng joriy etilgan. Oʻzbekiston kompozitorlik ijodiyotida turli kompozitorlar tomonidan bir obrazni (mas, Alisher Navoiyni — "Saraxbori Navo" orqali) gavdalantirishda L. tamoyillaridan foydalaniladi. L. ata-masi adabiyot asarlari taxlilida ham syujetning takrorlanadigan holatiga nisbatan, keng maʼnoda esa — odam faoliyatining hukmron omili maʼnosida ishlatiladi. Toʻxtasin Gʻafurbekov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil