Bitumli va qatronli bogʻlovchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bitum mahsuloti

Organik boglovchi moddalardan kurilish materiali sifatida foydalanish qadim zamonlardan boshlangan. Masalan, misrliklar minora, don omborlari va boshqa inshootlarni qurishda, devor toshlarini bir-biriga biriktirish uchun tabiiy bitumlarning kum bilan aralashtirilgan qorishmalaridan foydalanganlar. Ohak, gips singari bog‘lovchilar topilgandan so‘ng, organik bog‘lovchilarni ishlatilishi bir muncha sekinlashgan. Keyinchalik, XIX asrning o‘rtalariga kelib, organik boglovchilar yul kurilishida kullana boshlandi.

Respublikamizda organik boglovchilarni kurilishda ishlatilish davrining boshlanishi 1930-1932 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda maxalliy neftni kayta ishlash zavodlari ishga tushirilishi bilan neft bitumlari ko‘plab ishlab chikarila boshlandi va ular asosida olinadigan materiallarning turlari ham ko‘paydi. Hozirgi vaktda Fargona, Buxoro va Oltiariqdagi neftni kayta ishlash zavodlaridan chikayotgan bitumlar Respublikamizning bitumli materiallarga bulgan extiyojlarini tula kondira oladi.

Bitumli va qatronli bog‘lovchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bitumli va katronli boglovchilar organik bog‘lovchilar guruxiga mansub bulib, yuqori malekulyar uglevodorodlardan va ularning nometall xossalaridan tashkil topgan. Ular isitilganda yumshash va sovutilganda kovushkok kattik xolga kelish xususiyatiga egadirlar. Bu bog‘lovchilar asosida asfaltbetonlar va qorishmalar, tombop o‘rama va gidroizolyatsiya materiallari, mastikalar, pastalar, emulsiyalar, loklar singari kuplab kurilish materiallari va buyumlari ishlab chikariladi.

Tabiiy bitumlar yer yuzasiga chikib qolgan neftlarning tarkibidagi yengil moddalarni (benzin, kerosin va x. k.) atmosfera taʼsirida buglanib ketishi va havodagi kislorod va kuyosh nuri taʼsirida oksidlanishi polimerlanishi natijasida hosil bo‘lgan. Ular odatda tog‘ jinslariga shimilgan xolda uchraydi. Bu jinslarni tabiiy asfaltlar deyiladi. Bitumni bu tog‘ jinslaridan ajratib olish uchun ularni issik suv kuyilgan qozonlarda qaynatiladi. Natijada bitum erib suv betida kalkib ajralib chikadi va uni maxsus tindirgichlarda ajratib olinadi. Qolgan tog jinsini esa asfalt kilishda ishlatiladi.

Neft bitumlari- neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan koldik mahsulot bo‘lib, olinish usuliga karab koldik bitum, oksidlangan bitum va krekinglangan bitum turlariga bo‘linadi.

Qoldik bitumlar(gudron) xaydash yo‘li bilan neftdan benzin, kerosin va moylarning bir kismini ajratib olishdan keyin xosil buladi. Normal temperaturada ular kattik moddadan iborat.

Oksidlangan neft koldiklari orkali havo puflab o‘tkazib olinadi, ular bunda kislorod taʼsiri ostida oksidlanadi va zichlanadi.

Kreking bitumlar esa neft va neft moylarining yuqori temperaturada (krekinglashda) parchalanish mahsulotidir.[1]

Asfalt qorishmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asfalt korishmasi asfalt bog‘lovchi va qumdan tashkil topgan aralashmani 160-180°S gacha isitilgan holatda, maxsus korgichlarda sinchiklab aralashtirish orqali olinadi. Asfaltli boglovchi xosil kilish uchun esa neft bitumini mineral kukunlar bilan aralashtirib tayyorlanadi. Qumning mayda-yirikligiga qarab asfalt Qorishmalarda bitum mikdori 9-11 % atrofida bo‘ladi.

Asfalt beton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asfalt beton — yirik tuldiruvchi (shag‘al yoki chaqiqtosh), kum, mineral kukun va bitumni obdan aralashtirib zichlangan suʼniy yaxlit materialdir. Asfaltbetondagi bitumning umumiy mikdori 6-12 % buladi; Ishlatilishiga ko‘ra, asfaltbetonlar issik (issiq holatda joylanadigan), sovuq (isitilmasdan joylanadigani) va ilik (bir oz isitib joylanadigan) xillarga bo‘linadi.

Tombop, gidroizolyatsiya va zichlovchi materiallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tomga yopiladigan bitumli materiallar Ruberoid — koplamali tombop material. Uni tayyorlash uchun maxsus kartonga avval yumshash temperaturasi kamida 40ºS bo‘lgan yumshoq bitum shimdiriladi, keyin 90°Sda yumshaydigan qattiq bitum eritmasi uning sirtiga yupka kilib koplanadi, bitum kotmasdan turib, ikki tomonga mayda keltirilib tuyilgan talk ëki slyuda sepiladi. Ruberoid sirtiga sepiladigan kukun mineral moddalar, uning issikka hamda atmosfera taʼsiriga chidamliligini oshiradi. Vazifasiga qarab ruberoid tomga yopiladigan(tom gilamining ustki qatlamini kilish uchun) va ostkuyma (pastki qatlamlarni qilish va qurilish konstruksiyalarini gidroizolyatsiyalash uchun) ruberoidlarga bo‘linadi. Ruberoidning to‘rtta markasi chikariladi: RKK-500A, RKK-500B va V, RKM-350B va V, RPM va RPP-300A, B va V, RKCH-350B va V Ruberoid markasidagi <R> harfi — ruberoid. <<P harfi yopiladigan, „K“ va „Ch“ harflari sepma turini, yaʼni yirik donali (krupnozernistiy), tangasimon (cheshuychatiy) donali ekanligini bildiradi; sonlar esa 1m² kartonning massasini (g) ifodalaydi.

Pergamin — neftbitumlari shimdirilgan koplamasiz tombop karton.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pergamin ishlashda yumshok (yumshash temperaturasi "halqa va shar bo‘yicha kamida 40ºS bo‘lgan) bitumlar qo‘llaniladi. Hozir zni 750, 1000 va 1025 mm gacha bo‘lgan P-350 markali pergamin ishlab chiqariladi. U tom qatlamini ishlashda, koplamali o‘rama material (ruberoid) ostiga issik mastika yotqizishda, shuningdek, bug hamda havodagi namlikdan muhofaza qilishda ishlatiladi.

Tomga yopiladigan qatronli materiallar tombop karton kogozini toshko‘mir yoki slanes katronlari bilan shimdirish va yuzalariga surkash, bir yoki ikkala yuzasiga mineral uvoklar sepib yoki sepmasdan tayyorlanadi. Bu materiallarni tollar deb ataladi. Yuzalariga sepiladigan mineral uvoklarning turiga va kullaniladigan sohasiga qarab tollar kuyidagi xillarga bo‘linadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qurilish mahsulotlari va ularning qoʻllanish texnikasi. Muallif: B. Asqarov . Toshkent – 2009-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]