Binafsha gulli arg‘uvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Binafsha gulli arg‘uvon
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: O‘simliklar
Tip: Gulli
Sinf: Ikki pallali
Oila: Burchoqdoshlar
Urugʻ: Cērcis
Turlari: Binafsha gulli arg‘uvon
Xalqaro ilmiy nomi
Cercis griffithii (Boiss)

Binafsha gulli arg‘uvon, yoki Griffitning Cercisi ( lotincha: Cercis griffithii) — ushbu daraxt yoki buta dukkakdoshlar (Fabaceae), oilasiga mansub Syersis (Cercis) turkumining bir turi sanaladi.

Tarqalishi va ekologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatan mazkur turning tarqalishi Eron, Afg‘oniston va Markaziy Osiyoni qamrab oladi.

Toshkent va Surxondaryo viloyatlari: Gʻarbiy Tyan-Shan – Ugom, Qurama tizmalari; Pomir-Oloy – Hisor va Bobotog‘da o‘sadi. Tojikiston va Afg‘onistonda ham uchraydi.[1]

O‘sish joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dengiz sathidan 800-2200 m balandlikdagi tog‘larning pastki qismlaridagi toshli, toshli-shag‘alli va mayda zarrali tuproqlarda o‘sadi.

Urug‘larini ekish orqali ko‘paytiriladi.

Biologik tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-4 (10 gacha) m balandlikdagi keng shox-shabbalab ketgan buta yoki daraxt. Bo‘yi Bir yillik novdalarining po‘stlog‘i qo‘ng‘ir-qizil rangli, keyinroq qo‘ng‘ir tusga kiradi.

Barglari yumaloq-buyraksimon, uzunligi 5-8 sm, kengligi 7-12 sm, tub qismi keng o‘yilgan, ustki tomoni yashil, pastki tomoni ko‘kimtir rangda. uzunligi 2-3 sm.

Gullari kalta-kalta shokilalarga to‘plangan. Gulkosasi do‘ppaygan, mayda tishchali, Tojbargi qirmizi-binafsha rangli.

Dukkakgining uzunligi 10—12 sm, eni 1,5—2,5 sm.gacha cho‘ziqsimon, ustki tomoni yo‘nilgan, terisimon, usti ensiz qanotchali, kengligi 3—5 mm ga yetadi. Dukkakgida ko‘zga tashlanadigan ko‘ndalang tomirlari bor. Urug‘lari kam, oval, yassilangan, uzunligi 5-6,5 mm va kengligi taxminan 4—4,5 mm, tuksiz, to‘q qo‘ng‘ir tusda. 1 ming urug‘ning vazni 50 g.

Barglar paydo bo‘lishidan oldin aprel-may oylarida gullaydi. Iyun-avgust oylarida yetiladi.

Kurtaklari 12—15 mm diametrli deyarli yumaloq; birinchi barglari buyraksimon yoki yumaloq tuxumsimon, asosi yuraksimon bo‘ladi. Manzarali daraxt.

Ahamiyati va qo‘llanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erta bahorda gullaydigan go‘zal manzarali buta.  

Asal beruvchi o‘simlik.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Палибин И. В. Род 772. Церцис — Cercis L. // Флора СССР : в 30 т. / гл. ред. В. Л. Комаров. — М. ; Л. : Изд-во АН СССР, 1945. — Т. 11 / ред. тома Б. К. Шишкин. — С. 16—19. — 432 с. — 4000 экз.
  • Пидотти О. А. Род 4. Церцис — Cercis L. // Деревья и кустарники СССР : Дикорастущие, культивируемые и перспективные для интродукции : в 6 т. — М. ; Л. : Изд-во АН СССР, 1958. — Т. 4 : Покрытосеменные. Семейства Бобовые — Гранатовые / ред. С. Я. Соколов. — С. 43. — 976 с. — 2500 экз.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „БИНАФША ГУЛЛИ АРҒУВОН“. 2022-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.