Bilan Nalgiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bilan Beslanovich Nalgiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Rossiya / Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1990-yil 3-iyul
Boʻyi 175 sm
Vazni 75 kg.gacha
Sport
Qaysi sport Yunon-rum kurashi
Murabbiy(lar)i

G.V.Daniyelyan

Dyushko O.I.
Gorinov V.V.
Medallar

Jahon chempionati

2Kumush medal sovrindori Tehron 2015 (jamoa)

Bilan Beslanovich Nalgiyev (1990-yil 30-iyulda tugʻilgan) - rossiyalik yunon-rum kurashchisi, Rossiya chempionatlari chempioni va medali sovrindori, Yevropa Millatlar kubogi gʻolibi (2014, 2015-yillarda — jamoada), 2009-yilda oʻsmirlar oʻrtasida Yevropa chempioni, xalqaro toifadagi Rossiya sport ustasi. Millati boʻyicha ingush.

2018-yildan buyon Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynamoqda. Oʻzbekiston vakili sifatidaJakartada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida qatnashgan, ammo u yerda atigi 9-oʻrinni egallagan. 2018-yilgi jahon chempionatida bronza uchun bahsda 2012-yilgi Olimpiada chempioni koreyalik Kim Xyon Vuga yutqazib, 5-oʻrinni egallagan.

Sportdagi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2009-yildagi oʻsmirlar oʻrtasida kurash boʻyicha Yevropa chempionati – 1st;
  • 2012-yildagi yunon-rum kurashi boʻyicha Rossiya chempionati – 3rd;
  • 2014-yildagi yunon-rum kurashi boʻyicha Rossiya chempionati – 1st;
  • 2015-yildagi yunon-rum kurashi boʻyicha Rossiya chempionati – 3rd;
  • 2016-yildagi Ivan Poddubniy Gran-prisi – 3rd;

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]