Bihishti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bihishti, Behishti—oʻrtapishar vinobop uzum navi. Vatani—Urta Osiyo. Sharqiy navlar ekologikgeografik guruhiga kiradi. Oʻzbekistonda r-nlashtirilgan. Tupining oʻsishi oʻrtacha, bargi toʻgarak yoki tuxumsimon, uch boʻlakchali. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—30 sm, eni 8— 12 sm), silindrkonussimon, ogʻirligi 200—250 g . Gʻujumi dumaloq, sargʻishyashil yoki och qahrabo rangda, sershira, xushtaʼm, poʻsti qalinroq, yupqa gʻubor bilan qoplangan. Faol harorat yigʻindisi 3000—3500° boʻlganda 150 kunda pishadi (sentabr oxiri). Tarkibida 18—20% qand bor. Hosildorligi 180—200 s/ga. Bu nav issiq va quruq iqpimli, shoʻrlangan va sernam yerlarda moʻl hosil beradi. Novdalarini uzun qoldirib kesib, tupiga yelpigʻichsimon shakl beriladi. Buxoro viloyatida keng tarqalgan. B.dan vino hamda sharbatlar tayyorlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil