Bharata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bharata — qadimgi Hindistondagi oriylar qabilasi. Kuru qabilalar ittifoqiga kirgan hamda panchallar bilan birlashib Hindistonda dastlabki yirik davlat barpo etganlar (taxminan miloddan avvalgi 7-asr). „Bharata avlodlari“ Kauravlar va Pandavlar haqidagi rivoyatlar hind eposi „Mahabharata“ asosini tashkil qilgan. Bharata hududining nomi — Bharatavarsha (Jamna va Satlej daryolari oraligʻi) nomi bilan qadimda koʻpincha butun Hindiston hududi tushunilgan. Hindiston Respublikasining hozirgi rasmiy nomi, hindi tilidagi Bharat mana shundan olingan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil