Bernulli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bernulli (Bernoulli) — shveysariyalik olimlar oilasi. Jahonga 11 olim yetkazib bergan. Fanga salmoqli hissa qoʻshgan vakillari:

  1. Yakob Bernulli (1654— 1705) — matematik, Bazel universiteti professor (1687). Ukasi Iogann Bernulli bilan birga variatsion hisobga asos solgan. Uning nomi bilan ataluvchi ehtimollar nazariyasi teoremasini isbot qilgan. Fizika sohasida ham tadqiqotlar olib bor gai;
  2. Iogann Bernulli (1667—1748) — matematik, Bazel universiteti professor (1705), Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi. Differensial va integral hisobni yaratishda faol qatnashib, uni birinchi marta izchil bayon qilgan. Differensial tenglamalarni yechish usullarini ham ishlab chiqqan. I. Bernulli geodezik chiziqlar haqidagi klassik masalani taʼriflagan va ularning uziga xos geometrik xossasini topgan, keyinchalik ularning differensial tenglamalarini ham chiqargan. Mexanikada ham yirik kashfiyotlari bor (zarb nazariyasi, jismning toʻsiqli muhitdagi harakati, muvozalatning analitik qoidasi);
  3. Daniil Bernulli (1700—82) — Iogann Bernullining oʻgʻli, mat. va mexanika bilan shugullangan. Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi. Algebraik tenglamalarni qaytma qatorlar yordamida yechish usulini ishlab chiqqan, xususiy hosilali diffenensial tenglamani yechish uchun trigonometrik qatorlarni qoʻllagan (qarang Furye qatorlari). Ideal suyukdiklar turgʻun harakatining asosiy tenglamasi uning nomi bilan ataladi. U Parij Fanlar akademiyasining mat. va fizikadan eng yaxshi asarlar uchun beriladigan mukofoti bilan 10-marta taqdirlangan.

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil