Berd

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Berd, Byord (Byrd) Richard (1888.25.10, Uinchester—1957.12.3, Boston) — amerikalik qutb tadqiqodchisi, uchuvchi, admiral. 1926-yilda birinchi marta Shim. qutb ustiga uchib, qoʻnmasdan qaytib kelgan. AQShning Antarktikaga uyushtirgan 4 yirik ekspeditsiyasiga (1928— 30, 193335, 193941 va 194647) rahbarlik qilgan. 1929-yil noyabrda Jan. qutb ustidan uchib oʻtdi. Ekspeditsiyalar davomida meteorologik kuzatishlar, geologik tadqiqotlar oʻtkazdi. Ross muz toʻsigʻini seysmologik jihatdan tadqiq qilgan. Gʻarbiy Antarktidada toshkoʻmir konlari borligini aniqladi. Soʻnggi ekspeditsiyada Gʻarbiy Antarktida sohili aerofotosʼyomka qilindi, bir necha plato, togʻ tizmalari, muzliklar haritaga tushirildi. Antarktidadagi ilmiy st-yalardan biri B. nomiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil