Ignaterililar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ignaterililar (lotincha: Echinodermata) -umurtqasiz hayvonlar tipi. Tanasining uzunligi bir necha mm dan 5 m gacha, yulduz, bodring, dumaloq va b. shaklda. Voyaga yetgan Ignaterililar tanasi odatda 5 nurlik simmetriyaga ega. Skeleti ohak plastin-kalardan va koʻpincha tanasi yuzasiga boʻrtib chiqib turadigan ohaq pixlar, yaʼni ignalardan iborat. Ignaterililarda ambu-l a kral sistema boʻladi. Bu sistema suv bilan toʻlgan naychalardan tashkil topgan. Naychalar harakatlanish organlari — juda koʻp ambulakral oyoqchalar bilan bogʻlangan. Ignaterililarning ayrim sinflarida bu oyokchalar paypaslagichlarga oʻxshash boʻlib, nafas olish, qisman tuygʻu vazifasini bajaradi. Ignaterililarning tana boʻshligʻi ikkilamchi. Asosan, jinsiy yoʻl bilan koʻpayadi. Lichinkasi dipleurula deyiladi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Oʻsimlik, detrit, mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Shuningdek, dengiz yulduzlari, baliqlar, mollyuskalar, yirik qisqichbaqasimonlar va b. hayvonlar bilan oziqlanib, bir-muncha ziyon keltiradi. 6 mingtacha turi maʼlum, asosan, suvi juda shoʻr dengizlarda yashaydi. 5 sinf (dengiz yulduzlari, ofiuralar, dengiz tipratikanlari, dengiz bordinglari (goloturiyalar), dengiz nilufarlari) ga boʻlinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil