Kontent qismiga oʻtish

Behzod Qobulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qobulov Behzod Oʻrmonjonovich
Tavalludi 1984-yil 6-may
Namangan viloyati
Fuqaroligi O'zbekiston
Sohasi Jurnalist
Instituti Namangan davlat universiteti, O'zbekiston Milliy universitet, O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti

Qobulov Behzod Oʻrmonjonovich – Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi[1], jurnalist.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1984-yil 6-may O'zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Chortoq tumanida tavallud topgan.

Taʼlim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oliy maʼlumotli. 2005-yil Namangan davlat universitetida bakalavr, 2007-yil Oʻzbekiston Milliy universitetida magistratura, 2011-yil Oʻzbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida aspiranturani tamomlagan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2011-2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi I.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi;
  • 2012-2013-yillarda „Istiqlol quyoshi“ gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari;
  • 2014-2014-yillarda „Hurriyat“ mustaqil gazetasida[1] boʻlim mudiri;
  • 2015-2016-yillarda „Maʼnaviy hayot“ jurnalida boʻlim mudiri;
  • 2016-2016-yillarda „XXI asr“ gazetasida [2] masʼul kotib;
  • 2016-2017-yillarda „Toshkent haqiqati“ ijtimoiy-siyosiy gazetasida masʼul kotib;
  • 2017-2019-yillarda „Ohangaron hayoti-Jizn Axangarana“ gazetasi[2] tahririyati bosh muharriri;
  • 2019-2021-yillarda Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi;
  • 2021-2021-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati rahbari;
  • 2021-2022-yillarda „Oʻzbekiston ovozi“[3] gazetasida Bosh muharrir oʻrinbosari.
  • 2022-2023-yillarda „Yoshlar kundaligi“[4]media loyihasi rahbari, „Yoshlar kundaligi“ gazetasi bosh muharriri[5];
  • 2023-yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2018-yil „Oltin qalam“ XIII milliy mukofotida [6] „Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili davlat dasturini eng faol yoritgan jurnalist“ nominatsiyasi gʻolibi;
  • 2020-yil „Maʼnaviyat targʻibotchisi“ koʻkrak nishoni;
  • 2020-yil „Mahalla fidoyisi“ koʻkrak [7] nishoni;
  • 2021-yil „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ esdalik nishoni;
  • 2022-yil „Oltin qalam“ XVII milliy mukofotida „Yoshlar kundaligi“ gazetasi „Eng yaxshi jurnalistik material uchun“ nominatsiyasi 3-oʻrin gʻolibi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://uzhurriyat.uz/
  2. https://21asr.uz/k
  3. http://press.natlib.uz/ru/publications/ozbekiston-ovozi
  4. https://yokun.uz/
  5. 5,0 5,1 „Kun.uz jurnalisti “Oltin qalam” mukofoti bilan taqdirlandi“.
  6. https://uzembassy.uk/news/1138?language=uz
  7. https://lex.uz/docs/-3266714