Bihishti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Behishtidan yoʻnaltirildi)

Bihishti, Behishti—oʻrtapishar vinobop uzum navi. Vatani—Urta Osiyo. Sharqiy navlar ekologikgeografik guruhiga kiradi. Oʻzbekistonda rayonlashtirilgan. Tupining oʻsishi oʻrtacha, bargi toʻgarak yoki tuxumsimon, uch boʻlakchali. Guli ikki jinsli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—30 sm, eni 8— 12 sm), silindrkonussimon, ogʻirligi 200—250 g. Gʻujumi dumaloq, sargʻishyashil yoki och qahrabo rangda, sershira, xushtaʼm, poʻsti qalinroq, yupqa gʻubor bilan qoplangan. Faol harorat yigʻindisi 3000—3500° boʻlganda 150 kunda pishadi (sentabr oxiri). Tarkibida 18—20% qand bor. Hosildorligi 180—200 s/ga. Bu nav issiq va quruq iqpimli, shoʻrlangan va sernam yerlarda moʻl hosil beradi. Novdalarini uzun qoldirib kesib, tupiga yelpigʻichsimon shakl beriladi. Buxoro viloyatida keng tarqalgan. B.dan vino hamda sharbatlar tayyorlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil