Kontent qismiga oʻtish

Begüm Kütük Yaşaroğlu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Begüm Kütük Yaşaroğlu
Tavalludi
Begüm Kütük

27-avgust 1980
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi
  • İzmir Namık Kemal boshlangʻich maktabi
  • İzmir Özel Tevfik Fikret Litseyi
Kasbi Aktrisa, Model

Begüm Kütük Yaşaroğlu (1980-yil 27-avgust, Izmir) turk aktrisasi va model .

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaşaroğlu boshlangʻich maktabni Izmir Namık Kemal maktabida, oʻrta maktab va litseyni esa Izmir Özel Tevfik Fikretda tamomlagan. Bakalavr taʻlimi uchun Fransiyaga borgan Yaşaroğlu, u yerda Nancy 2 Universitetining Media va kommunikatsiya boʻlimini tamomlab, vataniga qaytgach aktyorlik faoliyatini boshlagan[1][2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda Begüm „Turkish Best Of Model“ tanlovida ishtirok etgan va tanlovda uchinchi oʻrinni egallagan. Xuddi shu musobaqada Şenay Akay birinchi, Esra Eron ikkinchi, Sinemis Candemir to‘rtinchi, Fatoş Seğmen beshinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritishgan. Selma Ergeç esa „Eng yaxshi yurgan model“ deb tanlangan[3].

Musobaqadan soʻng Yıldırım Mayrukning modeli sifatida faoliyatidagi ilk ishini boshlagan. Aktrisalik faoliyatini teleseriallardan boshlagan ijodkor kino va turli qisqa metrajli filmlarda ham suratga tushgan. Yaşaroğlu bosh rolni ijro etgan Mar filmi SİYAD kino festivalining „Eng yaxshi film“ mukofotiga loyiq koʻrilgan. Aktrisa 2014-2015 yillar oraligʻida Star TVda namoyish etilgan „Çalıkuşu“ serialida Neriman va „Kaderimin Yazıldığı Gün“ serialida Defne rolini oʻynagan.

2005 va 2007-yillar oraligʻida u Sineshow deb nomlangan kino dasturini tayyorlagan va ommaga taqdim etgan. Yaşaroğlu 2010-2011-yillarda „Olağan Mucizeler” spektaklidagi „Joy“ obrazi bilan 11-sovrinini qo‘lga kiritgan. Direklerarası Seyirci mukofotlaridan biri hisoblangan „Eng yaxshi ayol aktrisa” mukofotiga loyiq deb topilgan[4].

Begüm Kütük xorijda chiqarilgan Orange GSM reklama roligida va Turkiyada chop etilgan Bosch, Samsung va Sarelle reklama kompaniyalarida chiqishlari bilan ishtirok etgan.

U 2010-yil 16-sentabrda Penguen jurnali karikaturachisi Erdil Yaşaroğlu bilan turmush qurgan[5][6]. Juftlik 2018-yilning fevral oyida farzand kutayotganliklari haqidagi xabarni e‘lon qilishgan, biroq 3,5 oylik bo‘lgan chaqaloq ona qornida vafot etganligi ma‘lum bo‘lgan[7][8][9].


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Begüm Kütük 40 oldu! Doğum günü isteği takdir topladı“. m.aksam.com.tr. 26 mayıs 2023da asl nusxadan arxivlangan.
  2. „40 yaşına basan Begüm Kütük, istediği hediyle gönülleri fethetti!“. Yasemin. 18 mayıs 2022da asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Best Model oldular köşeyi döndüler“ (Türkçe). Hürriyet (27 kasım 2001). 7 aralık 2023da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7 aralık 2023.
  4. „XI. Direklerarası Seyirci Ödülleri“. Direklerarası Seyircileri (26 temmuz 2015). 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart.
  5. „Begüm Kütük ve Erdil Yaşaroğlu Evlendi“ (Türkçe). Haberler (21 eylül 2010). 25 ekim 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart.
  6. „Karikatürlü düğün - Magazin Haberleri“. www.hurriyet.com.tr. 26 mayıs 2023da asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Begüm Kütük ve Erdil Yaşaroğlu hala yasta“. Gzt (10 nis 2018). 26 mayıs 2023da asl nusxadan arxivlangan.
  8. „8 yıl sonra gelen mutluluk“. www.cumhuriyet.com.tr. 26 mayıs 2023da asl nusxadan arxivlangan.
  9. „Begüm Kütük kimdir bebeğini kaybetti kocası bu acıyla sarsıldı! - Internet Haber“. www.internethaber.com. 26 mayıs 2023da asl nusxadan arxivlangan.