Bedona tut

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bedona tut — tutsimonlar oilasi (tutdoshlar)ga mansub daraxt. Mevasi oq, shirin, urugʻsiz. Bargi ipak qurtiga yediriladigan "Vodil" va "Xorugʻ" xillari tarqalgan. "Vodil", asosan, Fargʻona vodiysining togʻ etagi hududlarida (Oʻsh, Fargʻona, Andijon, Xoʻjand va Jalolobodda) oʻstiriladi. Mevasi yirik (18x10 mm), gektaridan 40 — 47 s barg beradi. "Xorugʻ" Tojikistonda koʻp tarqalgan. Gektaridan 50 — 55 s barg beradi. Mevasi yirik (21x11 mm), shirin, urugʻsiz. Kasallik va sovuqqa chidamli. Payvand qilib koʻpaytiriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil