Bedilxonlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bedilxonlik — XІX asr oxiri va XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoda tarqalgan adabiy majlislarning bir turi. Maʼlumki, Bedil asarlari gʻoyat murakkab uslub va majoziy sanʼatlar bilan yozilgan. Uning asarlarini bir marta oʻqib, mohiyatini anglash juda qiyin. Shuning uchun Bedil ijodining ixlosmandlari u yaratgan asarlarning mazmun-mohiyati, qoʻllangan badiiy sanʼatlarni aytib bera oladigan shoir va olimlar huzuriga toʻplanib, bedilxonlik qilganlar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Muhammadjon Hakimov. Sharq manbashunosligi lugʻati. -T.: „Davr press“, 2013.