Kontent qismiga oʻtish

Bazis narx

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bazis narx — 1) rejali iqtisodiyotda doimiy deb qabul qilingan va xalq xoʻjaligi koʻrsatkichlari (mas, milliy daromad hajmi, sanoat, qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti va boshqalar) dagi oʻzgarishlarni, indekslarni hisoblashda asos qilib olingan narx. Turli yillarda narxlar oʻzgarib turgani uchun mazkur koʻrsatkichlar dinamikasini narxlarga qarab hisoblab boʻlmagan, shu sababli hisob-kitob hamda rejalashtirish ishlarida Bazis narx qoʻllangan; 2) sifat koʻrsatkichlari aniq boʻlgan tovarning kontrakt yoki preyskurant narxi. Haqiqiy narxlarga nisbatan oʻrta mezon vazifasini bajaradi. Sifati belgilangan (bazis) koʻrsatkichlarda farq qiladigan tovarlar yetkazib berilganda narx darajasi tovar sifati Bazis narxga ustamalar yoki tashlamalar yordamida belgilanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil