Bayot qalʼasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bayot qalʼasi
Bayat qalası
Umumiy maʼlumot
Turi qalʼa
Manzili Kəbirli qishlogʻi
Shahar Tartar tumani
Mamlakat Ozarbayjon
Koordinatalar 40°16′N 47°01′E / 40.27°N 47.01°E / 40.27; 47.01 G O
Qurilishi tugagan 1748

Misol Bayot qalʼasi (ozarbayjoncha: Bayot qalʼasi) – Ozarbayjonning Tartar tumanidagi Kəbirli qishlogʻida joylashgan qal’a.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eron hukmdori Nodirshoh vafotidan keyin (hukmronlik yillariː 1736–1747) hozirgi Ozarbayjon Respublikasini tashkil etuvchi hududda bir qancha xonliklar tashkil topgan. Shular orasida eng birinchilardan boʻlib tashkil etilgan xonlik Panoh Alixon asos solgan Qorabogʻ xonligi edi. 1748-yilda Panoh Alixon Kəbirli viloyatida Bayat qal’asini qurdirgan. Qal’a turkiy bayot urugʻi nomi bilan atalgan. Bino barcha strategik mudofaa tuzilmalarini oʻz ichiga olgan, masalan, devor urushi xandaqlari, bozor, hammom va masjidga ega boʻlgan. Yodgorlik pishgan gʻishtdan qurilgan. Qal’aning qurilish ishlari yakuniga yetgach, Panoh Alixon oʻzining butun saroyini aynan ushbu qal’aga koʻchirgan.

Xolnik poytaxti 1752-yilda Qorabogʻ pasttekisligida yangi qurilgan Shohbulogʻ qal’asiga koʻchirilgan. Keyinchalik, Panoh Alixon poytaxtni tashqi tahdidlardan, xususan, Eron hujumidan himoya qilish maqsadida oxirgi manzil – Shusha shahriga koʻchirgan.

Hozirgi holati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bay’at qal’asi Ozarbayjonning eng eʼtiborga sazovor tarixiy va madaniy yodgorliklaridan biri hisoblanadi[1]. Ushbu qal’a ikki asrdan koʻproq vaqt davomida qisman saqlanib qolingan yodgorliklardan biridir[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]