Qorabogʻ xonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qorabogʻ xonligi - Ozarbayjondagi Araks va Kura daryolari oraligʻida 18—19-asr boshlarida mavjud boʻlgan davlat. 1747 y. Panoh Alixon (40-yillar oxiri — 1759) hokimiyatni egallab olib Qorabogʻ xonligiga asos solgan; oʻz taʼsirini bosqichma-bosqich Ganja, Yerevan, Naxichevan va Ardabil xonliklariga oʻtkazgan. Qx. aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, chorvachilik va bogʻdorchilik boʻlgan, hunarmandlar, ayniqsa, gilam toʻqish va charm buyumlari bilan shuhrat qozonganlar. Panoh Alixonning oʻgʻli Ibrohim Xalilxon davrida (1759— 1806) Qishloq xoʻjaligi boshqa xonliklar orasida oʻzining kuch-qudrati bilan ajralib turgan. 1783 va 179799 yillarda Ibrohim Xalilxon Eron yoxud Turkiya tomonidan qoʻshib olish xavfi tugʻilgani tufayli Rossiyadan homiylik qilishni soʻragan. 1805 y. Qorabogʻ xonligini Rossiya tobeligiga oʻtganligi haqida bitim imzolagan. 1822 y. xonlik boshqaruvi bekor qilinib, rus harbiy maʼmuriyati bilan almashtirilgach, sobiq Qorabogʻ xonligi hududida Qorabogʻ viloyati tashkil qilingan.