Bayanavul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Bayanavul Bayanavul
qishloq
50°47′20″N 75°41′44″E / 50.78889°N 75.69556°E / 50.78889; 75.69556Koordinatalari: 50°47′20″N 75°41′44″E / 50.78889°N 75.69556°E / 50.78889; 75.69556
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Pavlodar viloyati
Tuman Bayanavul tumani
Hukumat
Asos solingan 1826
Aholisi
 (2012)
5 866
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71840 [1]
Pochta indeks(lar)i 140300 [2]
Avtomobil kodi S, 14
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Bayanavul на карте
Bayanavul
Bayanavul Bayanavul

Bayanavul — qishlogʻi, Pavlodar viloyati Bayanavul tumanining maʼmuriy markazi (1938-yildan buyon). Viloyat markazi Pavlodar shahridan 210 km uzoqlikda, Bayanavul togʻining janubi-sharqiy etaklarida Sabindikoʻlning yoqasida joylashgan. Qishloqqa eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Ekibastuz (135 km). Qishloq aholisi 5,866 kishi (2012).

Tarixi[tahrir]

Qishloqqa 1826-yili asos solingan, 1833-1868-yillarda Bayanavul sirt okrugining maʼmuriy markazi boʻldi. Bayanavulning Qarqarali va Pavlodar shaharlari orasida joylashishi uning iqtisodiy asosini kuchaytirdi. Bu qishloqda yirik yarmarkalar oʻtkizilib turdi. Sabindikoʻl va togʻ qishloqqa ajoyib koʻrik berib turadi.

Ijtimoiy soha[tahrir]

Bayanavulda moy zavodi, turli kombinatlar, ikkita oʻrta maktab, madaniyat uyi, Satboev muzeyi, tuman kasalxonasi, 2 dispanser, sanitar — epidemiologika stansiyasi, nashriyotlar faoliyat yuritmoqda. Qishloq aholisi Bayanavuldan viloyat markaziga va Ekibastuz shahriga, qishloqlarga avtomobil yoʻli orqali qatnaydi.

Manbalar[tahrir]