Baxtiyor Yoʻldoshev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
- Vikipediyada ismi Baxtiyor va familiyasi Yoʻldoshev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1970-yil 7-aprel | ||
| Tavallud joyi | Qirgʻiziston | ||
| Boʻyi | 184 sm | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Faoliyatini yakunlagan | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1990—1992 | Tom Rossiya | 4 | (-2) |
| 1993 | Temiryoʻlchi | 11 | (-8) |
| 1995 | Alay Osh | 14 | (-24) |
| 1996 | Soʻgʻdiyona | 24 | (-39) |
| 1997 | Semetey-Dinamo | 11 | (-14) |
| 1998 | Jashtik-Aq-Oltin | 2 | (-4) |
| 1999—2000 | Temiryoʻlchi | 56 | |
| 2002—2003 | Jashtik-Aq-Oltin | 14 | (-7) |
| 2003 | Alay Osh | 8 | (-22) |
| 2004 | Jashtik-Aq-Oltin | 4 | (-4) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1997 | Qirgʻiziston | 2 | |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Baxtiyor Yoʻldoshev (1970-yil 7-aprel) — sovet va qirgʻiz futbolchisi, darvozabon. Qirgʻiziston terma jamoasi safida toʻp surgan.
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yillarning boshlarida u „Tom“ klubi safida katta futboldagi faoliyatini boshlagan. Tom jamoasi safida SSSRning ikkinchi quyi ligasida 3 ta oʻyin va Rossiyaning birinchi ligasida bitta oʻyin oʻtkazdi.
1993-yilda Markaziy Osiyoga qaytib kelgan. Baxtiyor dastlab O‘zbekiston oliy ligasi vakili Qoʻqonning „Temiryoʻlchi“ jamoasi safida toʻp surdi. 1995-yil vataniga qaytdi va „Alay“ jamoasi bilan shartnoma tuzdi. 1996-yil Oʻzbekiston chempionatining boshqa bir vakili Jizzaxning „So‘g‘diyona“ jamoasi safiga borib qoʻshildi. Jizzaxliklar safida bir mavsum davomida toʻp surganidan soʻng, keyingi mavsumlarni Qirg‘izistonning oliy ligasi jamoalari „Semetey-Dinamo“, „Jashtik-Aq-Oltin“ klublarida to‘p surdi. „Semetey-Dinamo“ jamoasi tarkibida Osiyo chempionlar ligasi[1] oʻyinlarida ishtirok etgan. 1999-yilda yana qoʻqonliklar jamoasi bilan shartnoma imzolagan. „Temiryoʻlchi“ jamoasi tarkibida ikki mavsum davomida toʻp surgan. 2002-yilgi mavsumda „Jashtik-Aq-Oltin“ jamoasi tarkibiga qaytgan va klub bilan 2003-yilda Qirgʻiziston chempioni boʻlgan.
Milliy terma jamoa
[tahrir | manbasini tahrirlash]1997-yil iyun oyida Qirgʻiziston terma jamoasi tarkibida 1998-yilgi jahon chempionati saralash turnirida Maldiv orollariga qarshi ikkita oʻyin oʻtkazgan. Maydong tushgan oʻyinlarida gol oʻtkazib yubormagan (3:0 va 6:0)[2][3].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qirgʻiziston chempioni: 2003
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „КУБОК ЧЕМПИОНОВ СТРАН АЗИИ. 1/32 финала Первый матч. СЕМЕТЕЙ-ДИНАМО Киргизия — ДИНАМО Таджикистан — 1:2 (0:2)“. 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Киргизия 3 : 0 Мальдивы“. 2019-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.
- ↑ „Мальдивы 0 : 6 Киргизия“. 2019-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-sentyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Baxtiyor Yoʻldoshev FootballFacts.ru saytida
- 7-aprelda tugʻilganlar
- 1970-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari
- Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari
- FC Tom Tomsk futbolchilari
- FC Alay futbolchilari
- FC Shaxtyor Qizilqiya futbolchilari
- FC Jashtik Aq-Oltin futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar