Baxt izlab (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Baxt izlab (inglizcha: "The Pursuit of Happyness") — 2006-yilda rejissyor Gabriele Muccino tomonidan suratga olingan va bosh rolni Will Smith ijro etgan AQSH biografik dramatik filmi.

Baxt izlab

Film posteri
Rejissyor(lar) Gabriele Muccino
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) Steven Conrad
Qaysi asarga
asoslangan
The Pursuit of Happyness
Chris Gardner
Quincy Troupe
Rollarda
Bastakor(lar) Andrea Guerra
Kinematografiya Phedon Papamichael
Muharrir(lar) Hughes Winborne
Studiya(lar)
Distribyutor Sony Pictures Releasing
Chiqarilgan sanasi
  • 15-dekabr, 2006-yil(2006-12-15)
Davomiyligi 117 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til Inglizcha
Byudjeti $55 million[1]
Daromadi $307.1 million[1]

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

1981-yilda San-Franciscolik sotuvchi Kris Gardner butun umri davomida yigʻgan jamgʻarmasini suyak zichligi bo‘yicha portativ skanerlarga sarmoya tikadi. U buni shifokorlarga standart rentgen nurlariga nisbatan qulay uskuna sifatida ko‘rsatadi. Skanerlar Krisning hayotida muhim rol oʻynaydi. U ularning koʻp qismini sotishga erishsa-da, sotuvlar va uning oʻsib borayotgan xarajatlari oʻrtasidagi farq mehmonxonada xizmatchisi boʻlib ishlaydigan rafiqasi Lindani gʻazablantiradi. Ular 5 yoshli oʻgʻli Kristoferga gʻamxoʻrlik qilishlariga qaramay, moliyaviyi qiyinchilik ularning oilasini buzmoqda.

Kris skanerlardan birini sotmoqchi boʻlganida, u Dean Witter Reynoldsning yetakchi menejeri va hamkori Jey Tvistl bilan uchrashib qoladi hamda ut aksida Kubik Rubikni terish orqali uni hayratda qoldiradi. Jey ketganidan soʻng, Krisning yoʻl haqini toʻlash uchun puli yetishmasligini bilib, qochishga tushadi. Haydovchining jahli chiqib uni Bay hududi tezkor tranzit tizimi stantsiyasigacha quvib boradi. Kris bir amallab poyezdga o‘tiradi, amma skanerlardan birini yo‘qotib qoʻyadi. Biroq, Krisning Jey bilan yangi munosabatlari unga amaliyotchi birja brokeri boʻlish uchun imkonini beradi.

Suhbatdan bir kun oldin, Kris ijara haqini toʻlashda qiynalib, uydan chiqarib yuborilishini kechiktirish uchun uy egasini xonadonini boʻyashga rozi boʻladi. Ayni shu paytda Krisni 2 politsiyachi soʻrab keladi va uni politsiya boʻlimiga olib borib, jarimalarini toʻlashi kerakligini aytishadi. Krisga tunni qamoqxonada oʻtkazadi, bu esa uning ertangi intervyuga borishini qiyinlashtiradi. Kris oʻz vaqtida Dean Witterning ofisiga eskirgan va boʻyoq tekkan kiyimda yetib boradi. Tashqi koʻrinishiga yomon qaramay, Kris suhbatdoshlarini hayratda qoldirishga muvaffaq boʻladi va 6 oylik haq toʻlanmaydigan amaliyotga oʻtadi. U birja brokeri sifatida haq toʻlanadigan lavozim uchun kurashayotgan 20 nafar amaliyotchilar orasiga tushib qoladi..

Lindanining opasi uni Nyu-Yorkka ketishga undaydi. U oʻgʻli Kristoferni Krisning qaramogʻidaa qoldirshga majbur boʻladi. Bu paytga kelib Krisning moliyaviy holati uning hisobi IRS tomonidan toʻlanmagan soliqlar uchun yomonlashib, bu uni boshqa joyga koʻchib oʻtishga majbur qiladi.

Krisning bank hisobida 21,33 dollar puli qoladi va natijada u oʻgʻli Kristofer bilan uysiz qoladi; ular Bay hududi tezkor tranzit tizimi stantsiyasidagi hojatxonada qolishga majbur boʻlishadi. Boshqa kunlari esa ular uysizlar boshpanasida, Bay hududi tezkor tranzit tizimida yoki agar Kris yetarlicha pul topsa, mehmonxonada tunab kun koʻrishadi. Keyinchalik, Kris avvalroq Bay hududi tezkor tranzit tizimi stantsiyasida yoʻqotgan suyak skanerini topadi, lekin u buzilib qolgan boʻladi. Kris oʻz qonini sotish orqali pul topib, uni tuzatadi. Shundan soʻng uni shifokorga sotib, shu bilan skanerlarining barcha sotuvini tugatadi.

Cheklangan ish vaqtida mijozlar bilan aloqalari va daromadlarini maksimal darajada oshirish brokerlik lavozimini qoʻlga kiritishning yagona yoʻli ekanligini bilgan Kris savdo qoʻngʻiroqlarini samarali qilishning bir necha usullarini ishlab chiqadi. Jumladan, potentsiali yuqori qiymatli mijozlar bilan bogʻlanish va protokolni tuzish. Bir kuni yuqori darajadagi pensiya jamgʻarmasi menejeri Walter Ribbon, Kris va oʻgʻli Kristoferni San-Fransisko 49ers oʻyiniga olib boradi. U yerda Kris janob Ribbonning baʼzi do'stlari bilan tanishib, ularni ham oʻzining mijozlariga aylantiradi. Kris qiyinchiliklaridan qatʼiy nazar hamkasblariga oʻzining yomon ahvolini hech qachon koʻrsatmay, “Series 7 exam” nomli imtihonga tayyorlanadi.

Kris amaliyotning soʻnggi kunini yakunlagach, uni hamkorlar bilan uchrashuvga chaqirishadi. Janob Frohmning qayd etishicha, Kris bu safar chiroyli koʻylak kiyib, oʻzining oxirgi kuni uchun shunday qilishini oʻrinli deb hisoblaydi. Janob Frohm unga minnatdorchilik bildiradi va Kris ertasi kuni boshqasini kiyishi kerakligini aytadi. Bu gap esa Krisga oʻzi xohlagan lavozimni egallaganini bildiradi. U koʻz yoshlarini toʻxtatib, sheriklari bilan qoʻl berib koʻrishib, soʻng oʻgʻli Kristoferning bogʻchasiga yuguradi. Ular koʻchada yurishadi va bir-birlari bilan hazillashadilar (va haqiqiy Kris Gardnerning yonidan biznes kostyumida oʻtishadi).

Gardner 1987-yilda oʻzining koʻp million dollarlik brokerlik firmasini yaratishga kirishgan va Gardner 2006-yilda koʻp million dollarlik shartnomada oʻz brokerlik firmasidagi ozchilik ulushini sotgan.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ull Smit — Kris Gardner roʻlida;
  • Jaden Smit — Kristofer Gardner Jr.
  • Tandiwe Nyuton — Linda Gardner roʻlida;
  • Brian Howe — Jay Tvitl roʻlida;
  • Jeyms Karen — Martin Frohm oʻrinbosari roʻlida;
  • Dan Castellaneta — Alan Frakesh roʻlida;
  • Kurt Fuller — Uolter Ribbon roʻlida;
  • Takayo Fischer — Chu xonim roʻlida;
  • Mark Kristofer Lorens — Vayne roʻlida;
  • Kris Gardner — ish kostyumida yuruvchi odam

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Film portali

Baxt izlab AllMovieda

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „The Pursuit of Happyness“. Box Office Mojo. 2016-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-aprel.