Broker

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Broker (ing . broker), makler — fond, tovar, valyuta birjalarida oldisotdi bitimlari tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan ayrim shaxs yoki firma. B.lar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Vositachilik bitimlari, asosan, B.lik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Vositachilik qilgani uchun tomonlarning kelishuviga koʻra, birja qoʻmitasi joriy etgan taksa (qatʼiy baho)ga muvofiq, oldisotdining muayyan foiz miqdorida haq — brokeraj oladi (odatda, B. haqi amalga oshirilgan shartnoma yoki bitim qiymatining 0,25—3% ni tashkil qiladi). Yirik B.lik idoralari haridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda oʻzlari kreditor boʻladilar, bitimlar bajarilishiga kafillikni ham oʻz zimmalariga oladilar. Katta B. gofbrok ye r deb ataladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil