Baxishbek Sobur
Baxishbek Sobur | |
---|---|
Asl ismi | ozarb. Baxış bəy Səbur |
Tavalludi |
Baxishbek Asadbek o'g'li Vezirov 27-avgust 1863-yil |
Vafoti |
1931 Toshkent, O'zbekiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Yoʻnalish | “Majolisi-faromushon” adabiy majlisining aʼzosi |
Faoliyat turi | Shoir |
Baxishbek Sobur (27-avgust 1863-yil, Mirzojamolli, Shusha tumani — 1931-yil, Toshkent)–19-asr 2-yarmi – 20-asr 1-yarmida ijod qilgan shoir, Shushada faoliyat ko‘rsatgan “Majolisi-faromushon” adabiy majlisining aʼzosi. Baxishbek Qorabog‘ning mashhur bek xonadonlaridan biri Vazirovlar oilasining namoyandasi edi.[1][2]
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baxishbek Sobur 1863-yil 27-avgustda Shusha tumanining Varanda qismidagi Mirzojamolli (Sharifbeyli) qishlog‘ida tug‘ilgan. Shusha haqiqiy maktabini tugatgan edi. U bir necha tillarni bilar edi. Baxishbek Shusha va Bokudagi davlat idoralarida bir necha muddat ishlagandan so‘ng O‘zbekistonning Toshkent shahriga ko‘chib o‘tadi. Salmon Mumtozning yozishicha, Toshkent shahrida “maorif va madaniyat rivoji uchun uning katta hissasi qoʻshilgan edi”.[3]
Baxishbey Sobur 1931-yili Toshkentda vafot etgan.
- Asadbek Vazirning o‘g‘li.
Mir Muhsin Navvob mashhur tazkirasida shunday yozadi:[4]
Baxishbek — Asadbekning o‘g‘li. U Qorabog‘ning Shusha aholisidan. Bahrombek Fadoiyning ukasi, Asining jiyani va Zokirning nabirasi. U 28 yoshli xushsurat yigit. Fors va rus tillarida savodli. She’riyat yo‘nalishida toza ijod qiladi. Quyidagi she’rlar unga tegishli. Uning taxallusi esa Sobur.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning otasi Asadbek Vazirov Mirzo Jamol Javonshir Qorabog‘iyning jiyani edi. Baxishbekning Baxrombek Fadoiy va Iskandiyorbek Gulchin degan akalari bor edi. Baxishbekning amakisi Abdullabek Asi ham shoir edi. Baxishbek Qosimbek Zokirning nabirasi edi. Yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasi she’riyat bilan ham shug‘ullangan.
Tashqi malumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „“Şuşa mədəniyyətinin inciləri” layihəsi - “Məclisi-Üns”“. azertag.az (2022-yil 13-iyun). Qaraldi: 2024-yil 25-iyul.
- ↑ Vasif Quliyev. „Şuşanın ədəbi məclisləri“. vetensesi.az (2022-yil 4-fevral). Qaraldi: 2024-yil 25-iyul.
- ↑ Çingizoğlu 2004, s. 238.
- ↑ Nəvvab 1995, s. 174.
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nəvvab, Mir Möhsün (1995), Təzkireyi-Nəvvab (PDF), Baku: Azərnəşr
- Çingizoğlu, Ənvər (2004), Hacılılar, Baku: Soy, №6