Batalyon parki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
{{{nomi}}}
Joylashuvi {{{joylashuvi}}}
Location Calgary, Alberta, Canada on Signal Hill

Koordinatalari: 51°1′13″N 114°10′16″W / 51.02028°N 114.17111°W / 51.02028; -114.17111 G O


Batalion Park — Kanadaning Alberta shtatidagi Kalgari janubi-gʻarbiy qismida joylashgan geogliflar maydoni. U Signal Hillda Tsuu Tʼina Nation (sobiq Sarcee Nation) ilgari Camp Sarcee va keyinchalik Sarsi oʻquv hududi nomi bilan atalgan. Kanada kuchlari tomonidan Birinchi jahon urushidan 1990-yillargacha harbiy zahira maydoni sifatida foydalanilgan. Bog'ning nomlanishi Birinchi jahon urushi davrida Albertan askarlarining qahramonona saʼy-harakatlariga bagʻishlanganligi bilan bogʻliq. Maydonda 137,113,151 va 51 raqamli toʻrtta geoglif mavjud. Katta toshlar umumiy hisobda 16 000 dona boʻlib, bogʻning markaziy qismini egallaydi. Toʻrt geoglif 137, 113, 151 va 51- sonli toshlar bogʻning tepalik qismidan yaqqol koʻrinib turadi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bog' Signal Hilldagi 93 hectoare (10,000,000 kv. ft) park Tsuu Tʼina Nationga qaraydi[1]. U Elbow daryosining shimolida, Westhills savdo majmuasi yonida[2] shaharning gʻarbiy chekkasida joylashgan[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻsha paytdagi Sarcee hind qoʻriqxonasi 1914-yil yozida oʻz yerlarining bir qismini ijaraga beradi. Chunki Kanada militsiyasiga harbiy xizmatchilar uchun istiqbolli oʻquv maydonini yaratish uchun sharoit yaratishni maqsad qilgan edi. Oʻsha paytda bu maydon Sarcee lageri nomi bilan tanilgan. Undan Birinchi Jahon urushi paytida askarlarni oʻqitish va tayyorlash uchun Albertadagi maxsus hudud sifatida foydalanilgan. Harbiy zaxira Kanada kuchlari tomonidan Birinchi jahon urushidan 1990-yillargacha ishlatilgan[1]. Harbiy lagerda jami 45 ming kishi tayyorlangan. Ushbu lager urush davrida Kanadadagi eng yirik harbiy taʼlim muassasasi boʻlgan. Chodirlarda joylashgan 30 xil boʻlinmaga viloyatning turli burchaklaridan kelgan amaliyotchilar qabul qilingan.

Harbiy muhandislar hududning xaritasini tuzadilar. Har bir boʻlinma oʻziga belgilagan hududida, xizmatdan tashqari vaqtlarda 2 kilometr (1.2 mi) masofada oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi. Dastur doirasida askarlar daryodan qoʻl bilan qoplarda olib chiqqan toshlarni oʻquv mashgʻulot doirasida belgilangan maydonga olib borishlari kerak bo'lgan[4]. Mashgʻulotchilar orasida Kanada Ekspeditsiya kuchlarining toʻrtta batalyonlari aʼzolari (Kalgari, Letbrij, Markaziy Alberta va Edmonton batalyonlari) ham bor edi.

51-batalyon, Sarcee armiya lageri, 1915-yil.

Oʻquv mashgʻulotlari tugagandan soʻng, batalyonlar Birinchi jahon urushida qatnashish uchun chet eldagi urush hududlariga joʻnatilgan. Red Deer, Battle River va Janubiy Edmonton tumanlarida tarbiyalangan 151-chi (Markaziy Alberta) batalyoni 1915-yil 22-dekabrdan 1916-yil 4-oktabrgacha Sarsi lagerida tayyorgarlikdan oʻtgan[5].1915-yil dekabridan 1916-yil avgustigacha Kalgarining oʻz askarlaridan tashkil topgan CEF 137-chi (Kalgari) batalyoni Sarsi lagerida oʻqitilgan. Ularga podpolkovnik Jorj V. Morfitt qoʻmondonlik qilgan.1916-yil 21-avgustda Jorj V.Morfitt jamosi urushda qatnashish uchun Yevropaga joʻnab ketadi. Morfitt jamosi xizmat uchun 21-zaxira batalyoni bilan birlashtirilgan. Urushdan omon qolgan erkaklar 1960-yillargacha oʻtlarni tozalash va oʻzlari qurgan batalyon raqamining toshlarini qayta boʻyash bilan shugʻullanishgan[6].113-batalyon (Lethbridge Highlanders) CEF, 1916-yil may oyining oxiridan sentyabrgacha Sarcee lagerida oʻqitilgan harbiylar va 883 nafar ofitserdan iborat edi. Polkovnik Xarvud qoʻmondonligi ostidagi 51-batalyon (Edmonton) CEF ham 1915-yilda Sarsi armiyasi lagerida jang qilgan[7].

Batalyonlar ketishi bilan raqamlar deyarli unutilgan, butalar va oʻtlar bilan qoplangan. Mahalliy tarixchi toshlarni topgunga qadar toshlar deyarli ko'rinmas edi. Tarixchi toshlarni eroziyaga uchragan tepalikni himoya qilish strategiyasining bir qismi sifatida tasniflash vaqtida topadi. Hududda qayta tiklash ishlarini amalga oshiradi[1]. Toshlar tiklangunga qadar Styuart Green Properties tomonidan xavfsiz saqlangan[1]. Richmond yoʻli boʻylab qiyaliklarni tekislash, toshlarni almashtirish va zinapoyalarni qurish ishlari olib borilgan[8]. Batalyon parki rasman 1991-yil 3-noyabrda ochilgan[1][9].

51-batalyon zaxira boʻlinmasi sodiq Edmonton polki tomonidan davom ettirilgan. 137-batalyon zaxira boʻlinmasi  Kalgari polki (RCAC) tomonidan davom ettiriladi. 151-batalyon 1936-yilda Shimoliy Alberta polki tomonidan tarqatib yuborilgan.113-Lethbridge Highlanders batalyoni esa Janubiy Alberta polki tomonidan abadiylashtirilgan[10].

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bog'ning markaziy qismi katta oqlangan toshlardan tashkil topgan boʻlib 137, 113, 151 va 51-sonli batalyonlarni ifodalaydi[1]. "113" raqamli glif asl joyida qolgan. Boshqa gliflar esa yoʻllar va boshqa xoʻjalik faoliyati uchun hududni rivojlantirish zaruriyati tufayli asl joyidan hozirgi joyga koʻchirilgan."113" raqamli glif 0.265 hectoare (28,500 kv. ft)maydoni qoplagan Uzunligi 1.8–3.7 metr (5 ft 11 in–12 ft 2 in) kengligida[4]. Istirohat bogʻi asfaltlangan piyoda yoʻlakdan iborat.

Xotirlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Batalyon bog'i yodgorligiga 104 nafar kursant tomonidan 1915 va 1916-yillardagi Birinchi jahon urushida qatnashgan ota-bobolariga bag‘ishlangan lavha o‘rnatilgan.Gliflarning nomlari lavhada qayd etilgan. Batalyonlarning raqamlari koʻrsatilgan toshlar ham alohida boʻyalgan. Lavhani yigʻishda ishtirok etgan boʻlinmalar quyidagilardir: 85 RCSCC Kalgary, 604 Moose Squadron RCAC, 22 Undaunted RGSCC, 781 Kalgary Squadron, RCAC 1292 LdSH (RC), RCACC 2554, PPCLI, CC RCA Service, BuCCtalion 195talion Squadron 538, RCAC 2509, Royal Cdn Signals, CC 2137 Calgary Highlanders va CC 52 City of Calgary Squadron RCCA.

137-chi (Kalgari) batalyoni CEFni abadiylashtirgan. Kalgari polki (RCAC) aʼzolari har yili Xotira kunida yodgorlikda xotirlash marosimini oʻtkazish orqali halok boʻlgan askarlarni yodga olishadi.



Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Togʻ boʻyidagi harflar
  • Kanada harbiy tarixi
  • Fovant nishonlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Battalion Park“. City of Calgary. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
  2. Dixon, Joan. Embedded on the Home Front: Where Military and Civilian Lives Converge. Heritage House Publishing Co, 4 September 2012 — 69– bet. ISBN 978-1-927051-58-0. 2013-yil 21-fevralda qaraldi. 
  3. Bagley, Fred. A legacy of courage: "Calgary's own" 137th Overseas Battalion, C.E.F.. Plug Street Books, 1993 — 93 bet. ISBN 978-0-9697162-0-4. 2013-yil 21-fevralda qaraldi. 
  4. 4,0 4,1 „Battalion Numbers“. Historicplaces.ca/Parks Canada. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
  5. „About Calgary Calgary's Battalion Park, The 151st Infantry Battalion. C.E.F“. Aboutcalgary.ab.ca. 2004-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-fevral.
  6. „Calgary's Battalion Park The 137th Infantry Battalion. C.E.F“. Aboutcalgary.ab.ca. 2004-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-fevral.
  7. „Glenbow archives NC-6-1407“. Glenbow Museum. 2022-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-fevral.
  8. Sandalack, Beverly Ann. The Calgary project: urban form/urban life. University of Calgary Press, 21 September 2006 — 155 bet. ISBN 978-1-55238-217-2. 2013-yil 21-fevralda qaraldi. 
  9. „Battalion Park“. Calgaryplus.ca. Qaraldi: 2013-yil 18-fevral.
  10. „View Trackable Log“. Geocaching.com. Qaraldi: 2013-yil 19-fevral.