Baron d'Holbach

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baron d'Holbach.

Paul-Henri Thiry, baron dʼHolbach (Pol Anri Tiri baron dʼHolbax; 17231789) nemis-fransuz adibi, faylasufi hamda ensiklopedisti boʻlgan. Germaniyaning Edes’haym shahrida tugʻilib, Parijga koʻchib ketgan. U Yevropada oʻzini ateist deb atagan ilk faylasuflardan biri sifatida mashhurdir.

Holbach fransuz faylasufi, D. Didro va K. Gelvesii safdoshi, "Ensiklopediyami yaratishda qatnashgan. Fransuz materializmi va ateizmining asosiy asari hisoblangan "Tabiat tizimi yoki Tabiiy va ruhiy olam qonunlari toʻgʻrisida" kitobini yozgan, unda sensualizm, determinizm va ateizm izchillik bilan qisqa bayon qilinadi, materiya abadiy va yaratilmagan deb uqtiriladi, u asta-sekin rivojlanish va oʻzgarish jarayonida real dunyodagi turli-tuman narsalarning hammasini keltirib chiqaradi. Dekartga qarama-qarshi oʻlaroq kishilarda "tugʻma gʻoya"lar yoʻq deb hisoblaydi. Materiyada inersiya, tortish va bir-biridan qochish roʻy berganidek, ongda jaxrlat, ishqiy mayl, nafrat namoyon boʻlib boradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil