Bariton-saksafon
![]() | |
Turi |
qamishdan yasalgan yogʻoch nafasli |
---|---|
Oʻxshash asboblar | |
Goboy, Klarnet |
Bariton saksofon — saksafon oilasiga mansub bo‘lib, eng yirik musiqa asboblardan biri sanaladi. U kontrabas va subkontrabas saksafonlaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Ko‘pincha akademik musiqa, jazda, asosan marsh harbiy musiqasida qo‘llaniladi.
Bu musiqa asbobi 1846-yilda Adolf Saks tomonidan kashf qilingan.
Ovoz va sozlash[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bariton-saksofoni qalin, shovqinli tovushga ega. Uning diapazoni taxminan 2,5 oktava[1], sozlanishi - mi-bemol. Yuqori pardalarda cholg‘u siqilgan tovush chiqaradi, eng yuqori sifatli esa o‘rta va pastki pardalarda sodir bo‘ladi. Orkestr va ansambllarda, qoidaga ko‘ra, u bas qismlarini ijrosi uchun ishlatiladi, lekin bu musiqa cholg‘usi yakkaxon ijroga mo‘ljallangan, shu bois baʼzi saksofonchilar uni boshqa musiqa asboblaridan afzal ko‘rishadi[2].
Bariton saksafon bir necha qismlardan iborat:
- rastrub;
- ramka;
- eska.
Og‘iz bo‘shlig‘i eskaga o‘rnatiladi, unga ligature yordamida tilcha biriktiriladi. Mazkur musiqa asbob odatiy tugmalardan tashqari, eng past notalarni chalish uchun biroz ochiladigan maxsus katta tugmalar ham mavjud[1]. Sirtida bosh barmog‘i va asbobning og‘irligini qo‘llab-quvvatlaydigan kamar halqasi mavjud.
Ijro etish[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mumtoz musiqada[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bariton-saksafon orkestr va saksafon kvartetidagi standart asbobdir.
Bariton-saksafonining qismlari qayd etilgan mashhur kompozisiyalar:
- Richard Strauss - Uy simfoniyasi ;
- Bela Bartok - „Yog‘och shahzoda" baleti;
- Charlz Ives - 4-simfoniya;
- Jorj Gershwin - Bluz uslubidagi Rapsodiya
- Karlxaynts Stokxauzen - „Gruppen ;
- Filipp Glass - Saksafon kvarteti va kamera orkestri uchun konsert.
Jazz musiqasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bariton-saksafon odatda jazda mashhur bo‘lib, u katta guruhning standart tarkibida mavjud (1940-yillarga qadar bas-saksafondan ham faol foydalanilgan). Bariton-saksafonini asosiy asbob sifatida ishlatgan jaz pionerlardan biri Dyuk Ellingtonning katta guruh aʼzosi Garri Kirni edi. Eng mashhur jaz bariton-saksofonchisi Gerri Mulligan bo‘lgan.
Mashhur bariton-saksofonchilar:
- Jon Serman ;
- Sesil Payn ;
- Pepper Adams ;
- Skott Robinson ;
- Jeyms Karter ;
- Sergey Xalov ;
- Jo Temperli ;
- Ronni Kuber .
Rossiyalik bariton-saksofonchilari orasida jaz kamera orkestrining yakkaxoni O.Lundstrem Roman Sekachev, Leningrad guruhidan Aleksey Kanev,Aleksandr Metlov va Yelena Filippovalar bor .
Nigeriyalik musiqachi Fela Kuti guruhida ikki bariton-saksafonchi ijro etadi.
Leo Pellegrino Too Many Zooz musiqiy guruhida bariton-saksafonida chaladi, bu o‘z uslubini "Brass house " (eksperimental jaz) deb nomlaydi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Строение Баритон-саксофона“ (ru). nervmusic.ru. 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-mart 2016-yil.
- ↑ „Виды саксофонов“ (ru). jazz.ru. 8-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-mart 2016-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- bariton saksafon (Wayback Machine saytida 2018-03-06 sanasida arxivlangan)
- Buyuk Jazz Bariton saksofonchilari va vintage shoxlari - Bariton saksofonchilarining ijodiga bag'ishlangan sayt.