Goboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Goboy (nem. Oboe frans. hautbois — baland daraxt) — tilchali puflama musiqa sozi. 17-asrning 2-yarmi Fransiyada Sharq (arab) mamlakatlaridan oʻtgan surnaysimon shalmey cholgʻusi zamirida paydo boʻlgan. Zamonaviy G.ning 25 ta teshikchasi boʻlib, 22—24 tasi klapanlar bilan berkitilgan boʻladi. Qoʻsh tilchasi qamishning maxsus turidan ishlanadi. Ikki tuzilishdagi (nemischa, fransuzcha) G. mavjud. Fransuzcha G. keng tarqalgan, u takomillashgan klapan mexanizmi, ohangining sofligi, sadolantirilish va dinamik imkoniyatlarining boyligi bilan ajralib turadi. G. simfonik orkestrdagi yogʻoch puflama cholgʻu asboblar ichida muhim oʻrin tutadi. Yakkanavoz soz, ansambl sozi sifatida ham ishlatiladi. Kichik G., G.-alt yoki G. d’amur, inglizcha rojok (burgʻucha) xillari mavjud. Oʻzbekistonda N. Kenjaboyev, V. Melkomini kabi goboychilar tanilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil