Barbie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barbie logosi

Barbie (talaffuzi: Barbi) bolalar uchun moʻljallangan moda qoʻgʻirchoqdir. Ilk marotaba 1956-yilning martida Mattel, Inc shirkati tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu qoʻgʻirchoqni amerikalik ishbilarmon ayol Ruth Handler Bild Lilli nomli olmon qoʻgʻirchogʻidan ilhomlangan holda yaratgan.

Mattel shirkati shu kungacha Barbie qoʻgʻirchoqlaridan milliardan ortiq donada sotishga muvaffaq boʻldi.[1] Barbie va uning eng yaqin oʻgʻil bola doʻsti — Ken jahondagi eng mashhur ikki qoʻgʻirchoq oʻlaroq tasvirlanadi.[2]

2001-yildan boshlab Barbie qoʻgʻirchoqlariga asoslangan koʻplab kompyuter-animatsion filmlar ishlandi. Ushbu filmlar 2017-yilga qadar AQShning Nickelodeon telekanali orqali efirga uzatilgan.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Paul Ziobro. „Mattel to Add Curvy, Petite, Tall Barbies: Sales of the doll have fallen at double-digit rate for past eight quarters“. Wall Street Journal (2016-yil 28-yanvar).
  2. Norton, Kevin I.; Olds, Timothy S.; Olive, Scott; Dank, Stephen (1996-02-01). "Ken and Barbie at life size" (en). Sex Roles 34 (3): 287–294. doi:10.1007/BF01544300. ISSN 1573-2762. https://doi.org/10.1007/BF01544300. 
  3. „Barbie shows signs of life as Mattel plots comeback“. Detroit Free Press (2015-yil 18-aprel). Qaraldi: 2017-yil 15-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]