Barbara Crampton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barbara Crampton
Tavalludi 27-dekabr 1958-yil (1958-12-27) (65 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1983-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
  • David Boyd
    (turm. 1988; ajr. 1990)
  • Robert Bleckman (turm. 2000)
Bolalari 3 nafar

Barbara Crampton (1958-yil 27-dekabrda tugʻilgan)[1][2] — amerikalik aktrisa va produser. U oʻz karyerasini 1980-yillarda televizion seriallarda boshlagan. Ushbu aktrisa koʻproq qoʻrqinchli va triller filmlarida rol oʻynashi bilan tanilgan[3]. Krempton televizion debyutini Days of Our Lives (1983-84) kunduzgi dramatik teleserialida amalga oshiradi. Aktrisa, shuningdek, The Young and the Restless serialida (1987-93, 1998-2002, 2006-07-yillar) Leanna Love rolini ijro etgan. Keyinchalik oʻz karyerasi davomida u Syfy telekanalining Channel Zero: The Dream Door (2018), Hulu 's Into the Dark (2019) va Shudder 's Creepshow (2021) kabi televizion dahshatli antologiyalarda paydo boʻlgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Crampton 1958-yilning 27-dekabr sanasida New Yorkning Long Island shtatidagi Levittown shahrida tugʻilgan[2]. U Rim-katolik dinida tarbiyalangan[4]. Crampton Vermontda oʻsgan va yozni karnaval bilan mamlakat boʻylab sayohat qilgan. Chunki uning otasi karnaval sayohatlari bilan koʻp safar qilar edi. U yettinchi sinfda o‘qib yurganida maktab spektakllarida rol o‘ynay boshlagan va o‘rta maktabda aktyorlik bo‘yicha o‘qishni davom ettirgan.

U Vermontdagi Castleton shtat kollejida oʻqigan va teatr sanʼati boʻyicha sanʼat bakalavriatini tamomlagan. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Crampton New Yorkda qisqa toʻxtab oʻtadi va u yerdagi Amerika aktyorlar teatrida Qirol Lir spektaklida Cordelia roʻlida paydo boʻladi[5]. U 1976-yildan 1981-yilgacha Castleton State kollejida teatr sanʼati boʻyicha mutaxassis boʻlgan[6].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Crampton keyingi Abner Pastollning „taut Euro triller“ epizodida Road Games filmida paydo boʻladi[7][8]. 2015-yilda u Robert Englund, Danny Trejo, Kane Hodder, Bill Moseley, Michael Berryman, Doug Bradley, Gunnar Hansen, Ken Foree hamda Dee Wallace kabi aktyorlar bilan birga Harrison Smithning Death House qoʻrqinchli filmida rol oʻynaydi[9].

2018-yilda Cramptonga Buyuk Britaniyaning Manchester shahridagi Grimmfestda obro‘li Horror Channel Lifetime Achievement mukofoti beriladi[10]. 2021-yilda Crampton bir necha yil davomida shaxsan oʻzi ishlab chiqqan „Jakob's Wife“ dahshatli dramasida suratga tushadi va rejissorlik qiladi.

Oʻsha yili u Our Lady of the Infernoning radiodramasida Nicolette Asterni seriyali qotil ovozi bilan ijro etadi[11] va Lovecraftianning „Sacrifice“ filmida paydo boʻladi[12]. 2021-yilda u „Back 4 Blood“ (2021) video o‘yinida ona obrazi uchun ovoz beradi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986 yil dekabr oyida Krempton Playboy jurnalida „Simply Beastly“ deb nomlangan sahifaning Har bir muvaffaqiyatli yirtqich hayvonning orqasida bir ayol bor nomli muqovasida yalangʻoch rasmda paydo boʻladi[13].

U 1988-yil 1-oktyabrda rejissori David Boydga turmushga chiqadi. Ular 2 yildan soʻng, 1990-yilda ajrashishadi.

2015-yil holatiga koʻra, Krempton eri va uch farzandi bilan Kaliforniyaning Mill vodiysida istiqomat qiladi[14].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1984 Body Double Carol
1985 Fraternity Vacation Chrissie
Re-Animator Megan Halsey
1986 Chopping Mall Suzie Lynn
From Beyond Dr. Katherine McMichaels Nominatsiya — Saturn Award for Best Actress
1987 Kidnapped Bonnie
1988 Pulse Pounders Said Brady
1989 Puppet Master Woman at Carnival
1991 Trancers II Sadie Brady
1993 Robot Wars Leda
1995 Castle Freak Susan Reilly
1996 Space Truckers Carol
1998 The Godson Goldy
1999 Cold Harvest Christine Chaney
2000 Learning to Surf
2001 Thy Neighbor’s Wife Nicole Garrett
2004 The Sisterhood Ms. Master
2006 Read You Like a Book Zoe
2008 Never Enough Dr. Gladmore
2011 You’re Next Aubrey Davison
2012 The Lords of Salem Virginia Cable
2013 Paisley Christine
The Cartridge Family Mom Qisqa metrajli film
The Well Grace
2014 Sun Choke Irma
2015 We Are Still Here Anne Sacchetti Nominatsiya — Fangoria Chainsaw Award for Best Actress
The Divine Tragedies Mother
Road Games Mary Shuningdek, produser
Tales of Halloween Darla
2016 Beyond the Gates Evelyn Shuningdek, produser
Little Sister The Reverend Mother
Day of Reckoning Stella
2017 Death House Dr. Karen Redmane
Replace Dr. Rafaela Crober
2018 Dead Night Leslie Bison
Reborn Lena
Puppet Master: The Littlest Reich Carol Doreski
2019 In Search of Darkness Herself Hujjatli film[15]
2020 Run Hide Fight Mrs. Crawford
Stay Home Barbara Qisqa metrajli film[16]
In Search of Darkness: Part II Herself Hujjatli film
Sacrifice Renate Nygard
Castle Freak Produser
2021 Jakob’s Wife Anne Fedder Produser

Nominatsiya — Critics' Choice Super Award for Best Actress in a Horror Movie
King Knight Ruth
Superhost Vera
Alone with You Mom
2022 Snow Valley post-production

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1983-84 Days of Our Lives Trista Evans Bradford
1984 Rituals Sandy Hutchison Epizod: „Pilot“
Love Thy Neighbor Carol ABC televizion film
Santa Barbara Paula
1985 Hotel Stacy Epizod: „Obsessions“
1986 Prince of Bel Air Anne White ABC televizion film
1987 Ohara Teri Epizod: „Toshi“
1987-93, 1998-2002, 2006-07 The Young and the Restless Leanna Love Nominatsiya — Soap Opera Digest Award for Outstanding Villainess in a Drama Series — Daytime (1990)
1993 Civil Wars Michele Connolly Epizod: „Dances with Sharks“
1993-1995 Guiding Light Mindy Lewis
1995-1998 The Bold and the Beautiful Maggie Forrester Nominatsiya- Soap Opera Digest Award for Outstanding Female Scene Stealer (1996)
1997 The Nanny Barbara Crampton Epizod: „The Heather Biblow Story“
1998 Party of Five Woman Shopper Epizod: „Tender Age“
1999 Pacific Blue Gloria Stockwell Epizod: „Infierno“
2001 Spyder Games Dr. Leslie Bogan 5 epizod
Lightning: Fire from the Sky Mayor Sylvia Scott Televizion film
2018 Channel Zero: The Dream Door Vanessa Moss 6ta epizod
2019 Into the Dark Betty Epizod: „Culture Shock“
2021 Creepshow Victoria Epizod: „Pipe Screams“

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Barbara Crampton Biography“. Rotten Tomatoes. 2022-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyul.
  2. 2,0 2,1 The Soap Opera Book Rout, Nancy E.: . Todd Publications, 1992 — 71 bet. ISBN 978-0-915-344239. 
  3. Rife. „Barbara Crampton shows why she's a horror legend in the pulpy, uneven Jakob's Wife“. The A.V. Club (2021-yil 16-aprel). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  4. „Fantasia 2016 Interview: Barbara Crampton Talks LITTLE SISTER and Upcoming Films“ (2016-yil 29-iyul).
  5. Barbara Crampton. Toronto Star (1991-yil 30-dekabr).
  6. „Barbara Crampton“. Why Horror?. 2014-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Check the first Teaser and Posters...“. Twitch.
  8. „There's no way out...“. Entertainment Weekly.
  9. „Death House“. Dread Central.
  10. „GRIMMFEST GIVES £80K WORTH OF PRIZES TO 2018 AWARD-WINNING MOVIES“ (en-US). Grimmfest (2018-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-mart. [sayt ishlamaydi]
  11. „Barbara Crampton Goes into the Mind of a Serial Killer“. The A.V. Club.
  12. Collins. „Watch horror icon Barbara Crampton in Lovecraftian Sacrifice trailer“. Entertainment Weekly. Qaraldi: 2021-yil 12-iyun.
  13. Walkuski. „AJ Bowen and Barbara Crampton join Halloween comedy, Grow Up, Tony Phillips“. JoBlo Movie Network (2012-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 4-fevral.
  14. „11 Questions for Barbara Crampton - Marin Magazine - October 2015 - Marin County, California“. www.marinmagazine.com (2015-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-mart.
  15. Miska. „Exclusive Clip: John Carpenter Joins '80s Horror Documentary 'In Search of Darkness'!“. Bloody Disgusting (2019-yil 22-mart). Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  16. Squires. „Watch the Quarantine Horror Short 'Stay Home' Starring Kane Hodder, Danielle Harris and More Horror Icons!“. Bloody Disgusting (2020-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-oktyabr.