Barbara Abbott

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Barbara Kenyon Abbott (talaffuzi:  Barbara Kenyon Abbot) (1943-yilda tugʻilgan) — amerikalik tilshunos. Barbara Abbot 1976-yilda Berkeleydagi California universitetida George Lakoff rahbarligida filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan[1]. 1976-yildan 2006-yilgacha Barbara Abbot Michigan universitetining tilshunoslik fakulteti german, slavyan, osiyo va afrika tillari kafedrasida professor boʻlib faoliyat yuritgan[2]. Professor Barbara Abbot hozirda „Emerita“da ishlaydi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abbott Connecticut shtatining Greenwich shahrida oʻsgan va hozirda eri Larry Hauzer bilan Michiganda istiqomat qiladi[3][4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barbara Abbot tilshunoslikning semantika va pragmatika kabi sohalaridagi ilmiy tadqiqot ishlari bilan mashhur. Barbara Abbot havolalar va iboralarning soʻz maʼnosiga taʼsir koʻrsatish tomonlarini oʻrgangan[5]. Barbara Abbot ning bu ishi tilshunoslikdagi tabiiy tillarga analitik usullar yordamida rasmiy semantikani birlashtirishda va ingliz tilidagi aniq va mavhum ot (soʻz turkumi) turini aniqlaydigan analitik proagmatikada katta yangilik boʻldi. Barbara Abbot shuningdek, turli tillarda aniqlik artiklining qoʻllanilishini tadqiq qilgan[6]. Uning „Reference“ nomli iboralarning jonli nutqda qoʻllanilish oʻrinlari tadqiq qilingan kitobi tilshunoslar uchun eng yaxshi qoʻllanmalardan biri hisoblanadi[7][8].

Professor Barbara Abbot Michigan universitetida 1976-yildan 2006-yilgacha faoliyat yuritgan. Barbara Abbot universitetda talabalarga tilshunoslik va falsafa fanlaridan dars bergan. Barbara Abbotning asosiy tadqiqot yoʻnalishi tilshunoslikning semantika va pragmatika kabi sohalari hisoblanadi[9]. Uning „Reference“ („Maʼlumotnoma“) nomli kitobi iboralarning jonli nutqdagi qoʻllanilish oʻrinlari tadqiqiga bagʻishlangan[10][11]. Abbott tabiiy til semantikasi, til, tilshunoslik va falsafa, pragmatika va falsafa sohalari tadqiqiga oid koʻplab asarlar nashr ettirgan[12]. Shuningdek, u 1974-yilda „Some Problems In Giving An Adequate Model-Theoretic Account of Cause“ („Adekvat namunaviy-nazariy sabablarni hisobga olishning baʼzi muammolari“) nomli va 2011-yilda oʻzining eng soʻnggi „Some Remarks on Referentiality“ ("Referensiallik boʻyicha baʼzi mulohazalar") nomli maqolalarini chop etdi[13]

1993-yilda professor Barbara Abbot Michigan universitetida „ universitetning muvaffaqiyatga erishishi uchun qoʻshgan hissasi va mukammallikni ragʻbatlantiradigan muhitni taʼminlagani“ uchun „Outstanding Faculty & Staff Award“ („Eng yaxshi professor-oʻqituvchilar va xodim“) mukofotiga sazovor boʻldi[14]. 2005-yilda professor Barbara Abbot Xitoydagi Shanghai xalqaro tadqiqotlar universitetida boʻlib oʻtgan Kontrastiv semantika va pragmatika boʻyicha uchinchi xalqaro konferensiyada maʼruzachi sifatida nutq soʻzladi[15]. Shu yili professor Barbara Abbot Pomona kollejida boʻlib oʻtgan Xalqaro kognitiv fan konferensiyasida mehmon maʼruzachisi sifatida qatnashgan[16]. 2009-yilda professor Barbara Abbot Duesseldorfdagi Heinrich-Heine universitetida til, idrok va fanda kontseptsiya turlari va shakllari bo‘yicha ikkinchi konferensiyaga maʼruzachi sifatida taklif etilgan[17]. Abbott „The Journal of Pragmatics“[18], „Natural Language and lingvistic Theory“[19] va „Intercultural Pragmatics“[20] kabi akademik jurnallarning tahririyat kengashlarida faoliyat olib borgan[21].

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Abbott, B. 2010."Reference" . Oxford: Oxford universiteti nashriyoti.
  • Gundel, Jeanette K. va Barbara Abbott, muharrirlar. 2019. „The Oxford Handbook of Reference“ . Oxford universiteti matbuoti.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „A study of referential opacity“. Berkeley Linguistics. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
  2. Reyes, Julie. „Contributing to the Love of Wisdom“. The Graduate School Newsletter. Michigan State University (2003–2004). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-iyun.
  3. „Board Members“. ShareCare of Leelanau, Inc.. 2020-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
  4. „Barbara Abbott's home page“. Michigan State University. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel.
  5. „Barbara Abbott's home page“. Michigan State University. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel. „Barbara Abbottʼs home page“. Michigan State University. Retrieved April 14, 2019.
  6. Barker, Chris (2004). Possessive Weak Definites. University of Massachusetts Occasional Papers. 
  7. Abbott, Barbara. Reference. New York: Oxford University Press Inc., 2010. ISBN 978-0-19-920257-7. 
  8. „LINGUIST List 22.267: Philosophy of Language: Abbott (2010)“ (2011-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 6-iyun.
  9. „Barbara Abbott's home page“. Michigan State University. Qaraldi: 2019-yil 14-aprel. „Barbara Abbottʼs home page“. Michigan State University. Retrieved April 14, 2019.
  10. Abbott, Barbara. Reference. New York: Oxford University Press Inc., 2010. ISBN 978-0-19-920257-7. Abbott, Barbara (2010). Reference. New York: Oxford University Press Inc. ISBN 978-0-19-920257-7.
  11. Reference, Oxford Surveys in Semantics and Pragmatics. Oxford University Press, 2010-05-13. ISBN 9780199203451. 
  12. Reference, Oxford Surveys in Semantics and Pragmatics. Oxford University Press, 2010-05-13. ISBN 9780199203451. 
  13. „Vitarev.htm“ (2015-yil 7-avgust).
  14. „Award Recipients RCPD“. 2019-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  15. „Calls: Pragmatics/Semantics/China“ (2004-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
  16. „International Cognitive Science Conference“. 2015-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.
  17. „FFF CONFERENCE CTF09“. Philosophische Fakultät der HHUD. Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
  18. Journal of Pragmatics Editorial Board. 2015-yil 6-iyunda qaraldi. 
  19. "Editorial Note". Natural Language & Linguistic Theory. November 1989. 
  20. "Front matter, Volume 11, number 3". Intercultural Pragmatics. 2014. 
  21. "JSOR-Philosophy of Science". Philosophy of Science 79 (2): 326–331. 2012. doi:10.1086/665592. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]