Barban

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barban
Munitsipalitet
Barban
Bayroq
45°6′0″N 14°1′0″E / 45.10000°N 14.01667°E / 45.10000; 14.01667 G OKoordinatalari: 45°6′0″N 14°1′0″E / 45.10000°N 14.01667°E / 45.10000; 14.01667 G O
Mamlakat Xorvatiya
Hukumat
 • Munitsipalitet hokimi Dalibor Paus
Maydon 100 km2 (39 mi²)
Markazi balandligi 229 m
Aholisi
 (2021)
2 491
Zichligi auto kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi 52
Pochta indeks(lar)i 52207
Barban xaritada
Barban
Barban

Barban (italyancha: Barbana,Čakavian Barbon yoki Brban) – Xorvatiyaning sharqiy Istriya janubidagi kichik shaharcha va munisipalitet.

Barban munitsipaliteti 100 km2 ga yaqin hududni egallaydi. Aholisi 2491 kishi boʻlgan 72 ta qishloqni oʻz ichiga oladi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bronza davriga oid tarixiy joy, tepalik qal’asida joylashgan boʻlib, taxminan 3,400-4,000 yil oldin paydo boʻlgan ushbu joyda tarixiy insonning qoldiqlari topilgan. Barban nomi birinchi marta eramizning 740-yilgi cherkov hujjatida uchraydi. Oʻrta asrlarda shahar Pazin feodallari nazorati ostida yaratilgan birqancha inshoatlar, oʻrta asr istehkomlarining bir qismi haligacha mavjud. 13-asrning ikkinchi yarmida, 1312-yilda vabo tufayli aholi punktlari qirib tashlangan, Goriziya graflari tomonidan olib kelingan Finodollik Dalmatiyaliklarning kichik koloniyasi bu hududga joylashdi.

1374-yilda, graf Pazin Albert IV vafotidan soʻng, u Gabsburg mulkiga aylandi va 16-asrda Venetsiya Respublikasi tomonidan bosib olindi. Loredan zodagonlar oilasi 1535-yilda Pazindagi grafliklardan Barbanni sotib oldi[1].

Velika Vrata (Buyuk darvoza, 1718-yil) orqali oʻtadigan asosiy maydonda Barokko qurbongohlari va 16-18-asrlardagi Venetsiyalik ustalarning rasmlari, soʻnggi gotika uslubidagi tosh chodiri va rasmlari, yogʻoch barokko haykallari boʻlgan Nikolay cherkovi joylashgan.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil maʼlumotlariga koʻra aholi soni 2721 kishi bor boʻlgan boʻlib ularning 75% xorvatlar tashkil qilgan edi. Barban shahrining oʻzida 221 kishi istiqomat qilar edi. Roʻyhatga olish maʼlumotlariga koʻra 2021-yil aholi soni 2,491 kishi boʻlib, shaharda jami 218 kishi istiqomat qiladi[2]. Sutivanac qishlogʻi munitsipalitetdagi eng katta qishloqdir.

Prstenac turniri[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yildagi Prstenac turniri

Har yili avgust oyining 3 yakshanbasida Barban shahrida Trka na prstenac nomi bilan tanilgan va Sinjska alkaga juda oʻxshash ot sporti turniri oʻtkaziladi. U kelib chiqishi jihatidan ancha qadimgi va bugungi kunda Italiyaning bir qancha oʻrta asr shaharlarida turli shakllarda nishonlanadi. Barbanda 1696-yilga borib taqaladigan oʻrta asr jousting oʻyiniga oʻshash oʻyindir. Ushbu anʼana sayyohlar va tomoshabinlarni jonli va mashhur bayramga jalb qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISTRA.HR“ (hr). www.istra.hr. Qaraldi: 2023-yil 26-aprel.
  2. POPULATION BY AGE AND SEX, BY SETTLEMENTS, 2021 CENSUS – DZS Croatian Bureau of Statistics (xorvatcha)

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]