Banxu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Banxu
Turi

kamonli torli cholgʻu
Oʻxshash asboblar

Xutsin


Banxuxitoycha kamonli torli asbob bo‘lib, xusinning bir turi sanaladi. Kesilgan kokos yong‘og‘i qobig‘idan ishlanadi va ingichka yog‘och bilan qoplangan. Mazkur uzun musiqa instrumenti pardasiz bo‘yin qozig‘i bilan tugallanadi. Umumiy uzunligi taxminan 700 mm. Ikki torli, ular kvintda sozlangan d2 – a1). Yangilangan asbobning xromatik diapazoni c1 — e4. Ijrochi chap qo‘li barmoqlari bilan tor iplarini bo‘yniga taqamasdan bosadi.

Anʼanaviy banxu asosan shimoliy Xitoy musiqiy dramasida yordamchi cholg‘usi sifatida ishlatilgan. XX asrda banxu orkestr asbobi sifatida ishlatila boshlandi.