Bambi, a Life in the Woods

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bambi, a Life in the Woods
Asl nomi Bambi: Eine Lebens­geschichte aus dem Walde
Muallif(lar) Felix Salten
Tarjimon(lar) Whittaker Chambers
Bezovchi(lar) Kurt Wiese
Mamlakat  Avstriya
Til nemischa
Janr(lar)i fantastika
Nashr etilgan sanasi 1923
Nashriyot Ullstein Verlag
Keyingisi Bambi's Children

Bambi, a Life in the Woods (tarjimasi Bambi, oʻrmondagi hayot; olmoncha: Bambi: Eine Lebens­geschichte aus dem Walde) — avstriyalik yozuvchi Felix Salten qalamiga mansub 1923-yilda yozilgan roman. Dastlab, Berlindagi Ullstein Verlag nashriyotida chop etilgan. Romanda erkak yosh kiyik — Bambining tugʻilishidan to bolaligigacha boʻlgan hayoti, onasidan ayrilishi, juftini topishi, otasidan olgan saboqlari va inson tomonidan paydo boʻladigan xavf-xatarlar haqida tajribasi aks etgan.

Whittaker Chambers tomonidan mahorat bilan amalga oshirilgan ingliz tilidagi tarjimasi Shimoliy Amerikada Simon & Schuster nashriyotida 1928-yilda chop etilgan[1] hamda shu vaqtdan buyon roman dunyoning 30 dan oshiq tillariga tarjima qilingan va chop etilgan. Salten 1939-yilda romanning davomi boʻlgan Bambi's Children („Bambining bolalari“) kitobini ham chop etdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Chambers, Whittaker. Witness. Random House, 1952 — 56, 239 bet. ISBN 0-89526-571-0. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]