Baljuna ahdi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
XIV asr Yuan imperiyasi saroyida chizilgan Chingizxon portreti

Baljuna ahdi – milodiy 1203-yilning oʻrtalarida moʻgʻul qabilalari va boʻlajak xon Temuchin oʻrtasida boʻlgan ahd hisoblanadi. Soʻngra ushbu qabilalar Baljunatu nomi bilan mashhur boʻldi. Temuchin 12-asr oxirida Kerayit xoni Toʻgʻrulning xizmatiga kelgan va asta-sekin hokimiyat tepasiga koʻtarila boshlagan. 1203-yilda Toʻgʻrulga Temuchin tomonidan ularning oila aʼzolari oʻrtasida nikoh ittifoqi tuzish haqidagi taklif berilgan. Toʻgʻrul esa bu harakat Temuchinning hokimiyatga intilishi va tortib olishga uruinishi ekaniga ishonch hosil qila boshlagan va uni yoʻq qilish kerak deb hisoblagan. Temuchinni kerayitlar tomonidan taʼqib qilish boshlangan. U Kereyitlarning ketma-ket taʼqiblaridan qochib yurgan. Oxir-oqibat Borjiginlar va Kerayitlar oʻrtasida Qalakaljidda qattiq jang boʻlib oʻtdi. Ushbu jangda Temuchin magʻlubiyatga uchradi. Temuchin qoʻshinlarining sochilib ketgan qoldiqlarini qayta toʻplab, Moʻgʻulistonning janubi-sharqidagi nomaʼlum daryoga yoki Baljuna ko'li tomonga chekingan. U yerda uning eng yaqin hamrohlari har qanday qiyinchilik va shon-shuhratni bir-birlari bilan boʻlishishga vaʼda berib, oʻzaro sadoqat qilishga qasamyod qilishgan. Shu yilgi yozni yurishlari uchun jangchilarni yollash bilan oʻtkazgan. Oʻsha yilning kuzida Kerayitlarni magʻlub etish uchun yetarlicha kuch toʻplay olgan. Uch yil oʻtgach, 1206-yilda dashtdagi barcha dushmanlarni magʻlub etgan. Qurultoyda oʻzini Chingizxon deb eʼlon qilgan va Baljuna koʻlidagi qasamyod qilgan hamrohlarining barchasini ulugʻ lavozimlarga tayinlagan. 19-asr tarixchilari ushbu hamrohlarning tarixiy shaxslar ekaniga shubha qilishgan, chunki Temuchinning yuksalishi haqida hikoya qiluvchi epik asar "Moʻgʻullarning maxfiy tarixi"da boshqa personajlar kelgan[1].

Umumiy maʼlumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Temuchin 1155—1167-yillarda moʻgʻul qabilalari hukmdori Yesugey va uning xotini Xoelun nikohidan tugʻilgan. Temuchin toʻqqiz yoshida otasi Yesugey vafot etdi. Onasi va olti aka-ukalari bilan qabila tomonidan tashlab ketilgan. Ammo oila omon qolgan va Temuchin bir guruh sodiq odamlarni yigʻa boshlagan[2]. Kerayitlar 1201-yilga kelib moʻgʻul choʻlidagi eng qudratli qabila boʻlgan. Ammo qabila zodagonlari ularni ham tez orada Moʻgʻul choʻlining sharqiy qismida hukmron boʻlib kelayotgan Temuchin tomonidan bosib olinishidan qoʻrqishgan. Bu zodagonlarga Toʻgʻrulning oʻgʻli Sengʻum boshchilik qilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ratchnevsky 1991, pp. 70–71; Atwood 2004, p. 342; Cleaves 1955, p. 389.
  2. Morgan 1986, pp. 57–60; Ratchnevsky 1991, pp. 28–33; Fitzhugh, Rossabi & Honeychurch 2009, p. 101.
  3. Atwood 2004, pp. 98, 259–260; May 2018, pp. 34–36.