Bakovul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bakovul, bukovul – 1) Chingizxon davrida va temuriylar saroyida taom va ichimliklar tayyorlovchi oshpazlar boshligʻi; 2) Oltin Oʻrda xonligida qoʻshinga maosh-ulufa ulashish, oʻljalarni taqsimlash singari vazifalarni bajaruvchi yuqori mansabdor. B.ning hurmat-eʼtibori juda yuqori boʻlgan, unga tumanbegi va mingbegilar ham boʻysoʻngan; 3) Buxoro amirligida saroy dasturxonchisi, hukmdorga taom tortishdan oldin uni avval oʻzi totib koʻruvchi bosh oshpaz (qarang Bavurchi, Choshnigir).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil