Choshnigir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Choshnigir (fors. tatib koʻruvchi) — qadimda xon va podshoh saroyidagi mansabdor, shoh oilasi oshxonasining boshligʻi. Choshnigir hukmdorni zaharlanishdan saqlash va taom taʼmini bilish maqsadida shohga tortiladigan taomlarni dastlab oʻzi tatib koʻrgan. Choshnigirlar Sharq davlatlari, jumladan, Movarounnahr xonliklarida ham boʻlgan.

Yana qara[tahrir | manbasini tahrirlash]