Kontent qismiga oʻtish

Baiba Bendika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baiba Bendika

Bendika 2017-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Latviya bayrogʻi Latviya
Tavallud sanasi 1991-yil 27-iyun(33 yosh)
Cēsis, Latviya
Boʻyi 1,55 m
Veb-sayti baibabendika.com
Sport
Mamlakat Latviya
Qaysi sport Biatlon, changʻi sporti
Murabbiy(lar)i Yuris Stipnieks
Valdis Berzins
Ilmars Bricis
Vitaliy Urbanovich

Baiba Bendika (27-iyun, 1991-yil; Cēsis, Latviya) — latviyalik biatlonchi va changʻichi. Latviya ayollar biatloni tarixida ilk Yevropa chempioni (2021-yilda).

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

4 yoshidan changʻi uchish va futbol bilan shugʻullangan. 2000-yilda biatlon boʻyicha mashgʻulotlarni boshlagan. Bendikaning birinchi murabbiyi Yuris Stipnieks boʻlgan. Keyinchalik Valdis Berzins murabbiyligida mashgʻulot olib borgan. Rozul boshlangʻich maktabi, Cesis davlat gimnaziyasi va Vidzeme oliy oʻquv yurtini tamomlagan. Hozirda Ilmars Bricis va Vitaliy Urbanovich murabbiyligida mashgʻulot oʻtkazmoqda[1]. 2011-yilgi jahon chempionatida terma jamoa safida debyut qilgan.

Avvaliga Bendika kamtarona natijalar koʻrsatgan. Har safar ham jahon chempionatiga chiqa olavermagan. 2012-yilda Germaniyaning Ruhpolding shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida debyut qilgan. Ammo yaxshi natija qayd eta olmagan. Jadvalda birinchi yuztalikning soʻnggi qismlaridan joy olgan. 2015—2016 yilgi mavsumga kelib Baibaning natijalarida keskin oʻsish kuzatilgan. Miltiqdan oʻq otish jarayonidagi tezligi va aniqligi sababli yaxshi natijalarga erisha olgan[2] Kanadaning Canmore shahrida boʻlib oʻtgan jahon kubogi bosqichida sportchi nafaqat oʻzining saralashdagi dastlabki ochkolarini qoʻlga kiritgan, balki sprintda kuchli beshlikka kira olgan[3]. Bu natija bilan Bendika biatlon boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogida Avstriya tarixidagi eng yaxshi natijani koʻrsatgan sportchiga aylangan. Keyinchalik biatlonchi Amerikaning Presque Isle shahrida boʻlib oʻtgan bosqichlarda ikki marta kuchli yigirmatalikka kirgan.

2018—2019-yilgi mavsumda umumjamoa hisobida 47-oʻrinni egallagan. Va bu koʻrsatkich toʻrt mavsum ichidagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Baiba Bendika eng yaxshi natijasiga Pokljukada 15 km masofaga ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan individual musobaqada erishgan. Mazkur musobaqada beshinchi oʻrinni egallagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]