Kontent qismiga oʻtish

Bahodir Sayyidkamolov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bahodir Sayyidkamolov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bahodir Sayyidkamolov
Tavallud sanasi 27-oktyabr 1975-yil (1975-10-27) (48 yosh)
Tavallud joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 177 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 70 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997 Chilonzor 27 (2)
1998 Metallurg 9 (3)
1999—2000 Navbahor 62 (7)
2001—2002 Paxtakor 33 (3)
2003 Navbahor 2 (0)
2006—2007 Dinamo Samarqand 12 (0)
Milliy terma jamoa
2000—2002 Oʻzbekiston 6 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Bahodir Sayyidkamolov (ruscha: Сейткамалов, Баходыр; 1975-yil 27-oktyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, Oʻzbekiston Superligasida Toshkentning „Paxtakor“, Namanganning „Navbahor“ klubida va Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan[1]. Maydonda yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qilgan[2].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahodir Toshkent futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 1997-yil Chilonzor klubi tarkibida boshlagan. 1998-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi safida oʻtkazgan. 1999-yilgi mavsumda faoliaytini Namanganga yoʻnaltirdu va „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Ikki mavsum davomida „Navbahor lochinlari“ klubida oʻynagan.

2001-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va ikki mavsum poytaxt klubi tarkibida oʻynagan[3]. 2002-yilgi mavsumda faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni va Oʻzbekiston Kubogi sohibi boʻlgan[4].

2003-yilgi mavsumda „Paxtakor“ klubi tarkibidagi raqobat sababli jamoani tark etgan va sobiq jamoasi „Navabhor“ klubi tarkibiga qaytgan. 2006-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga oʻtgan va 2007-yilgi mavsumda faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bahodir Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 9 ta oʻyin oʻtkazgan. 2001-yil Merdeka Kubogida Bahrayn terma jamoasiga qarshi oʻyinda 2 ta gol urgan[5][6].

Terma jamoa uchun gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan[7].
Sana Stadion Raqib Hisob Natija Musoboqa
1. 2001-yil 24-iyun  Malayziya 3–0[8] 4–1 Merdeka Kubogi 2001
2. 2001-yil 28-iyun  Bahrayn 1–0 2–0
3. 2–0[9] 2–0

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Merdeka Kubogi gʻolibi: 2001[11]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]