Azroil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Azroil – islom dinida toʻrt bosh farishtadan biri (Jabroil, Mikoil va Isrofil bilan birga), jon oluvchi farishta. Rivoyatlarga koʻra, Azroil dastlab oddiy farishta boʻlgan, Alloh Odam Atoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik koʻrsatadi va farishtalar undan bir siqim ham yulib ololmaydilar. Bu ishni faqat Azroil bajarganligi sababli u oʻlimdan ustun turuvchi farishta deb hisoblangan. Azroil taqvodorlarning jonini oson, gunohkorlarning jonini esa qiynab oladi degan fikrlar mavjud.

U toʻrt ming qanotli, toʻrt yuzli va tana-sida yer yuzida yashovchilar qancha boʻlsa, shuncha koʻzi hamda tili boʻlgan dahshatli maxluq shaklida tasvirlanadi. Azroil odamlar taqdirini biladi, ammo ularning har 228-sining oʻlish vaqtini bilmaydi. Bu muddat yaqinlashganda Alloh taxti oldida oʻsadigan daraxtdan oʻlimga mahkum etilgan kishining nomi yozilgan barg uzilib yerga tushar ekan. Shundan keyingina Azroil qirq kun ichida uning jonini olishi kerak ekan. Azroil taqvodorlarning jonini osongina, gunohkorlarning jonini esa qiynab olar ekan. Joni olinayotgan odam Azroilga turli qarshiliklar koʻrsatsada, natijada baribir yengilar ekan. Xristianlikdagi toʻrt asosiy farishta, arxangellar (Gavriil, Mixail, Azrail, Serafiil) islomdagi Jabroil, Mikoil, Azroil va Isrofilga muvofiq keladi. Bular Qur’onda "al-muqarrabun" (yaqinlar, yaqinlashtirilganlar) deb atalgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Фаришталарга имон (Wayback Machine saytida 2016-03-08 sanasida arxivlangan)

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil