Kontent qismiga oʻtish

Mikoil

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Mikoil, shuningdek, Mekoil – islom, xristianlik, yahudiylik va bahoiylik dinlarida 4 bosh farishtadan biri (islomda, Azroil, Jabroil, Isrofil bilan birga). Diniy anʼanada koinotni moddiy taʼminlovchi farishta hisoblanadi. U Qurʼonda Jabroil bilan bir qatorda tilga olinadi. Rivoyatlarda aytilishicha, Mikoil Jabroil bilan birga Odam atoga birinchi boʻlib sajda qilgan, Muhammadning koʻksini yorib, yuragini poklagan. Badr jangida musulmonlarga boshqa farishtalar bilan birga yordam qilgan[1]. Tamom maxluqlarga rizq tayyorlash ishi Mikoil (alayhissalom) vazifasidur. Har bir bandaning yeydigan bir parcha noni oltmish qoʻldan oʻtib, uning ogʻziga tushadi. "Birinchisi Mikoil - eng oxirigisi novvoy " degan soʻzning haqiqati shudir. Banda oʻz rizqini topishda harna oʻzi bilgan, qoʻlidan kelgan hamma sabablarni qoldirmay qilishga Alloh taolo tarafidan buyurilmishdir. ( Tarixi Muhammadiya, Alixontoʻra Sogʻuniy muallifligi, 37-38-betlar)

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil