Azra Akın

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Azra Akın

Akin 2004 Megahit-Xalqaro Oʻrta yer dengizi qoʻshiq tanlovi
Tavalludi 8-dekabr 1981
Fuqaroligi  Turkiya
Boʻyi 1.76 m
Turmush oʻrtogʻi Atakan Koru (2017)
Bolalari 1
Mukofotlari

Goʻzallik tanlovi sovrindori Unvon Turkiya goʻzali 2002(Gʻolib) Dunyo goʻzali 2002

(Gʻolib)

Azra Akın (1981-yil 8-dekabrda tugʻilgan) – turkiyalik aktrisa, raqqosa, model. 2002-yil 7-dekabrda Londonda o'tkazilgan „Dunyo goʻzali“tanlovi sovrindori. U "Yağmur Zamanı"[1] serialidagi roli bilan dunyoga tanilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akın Gollandiyaning Almelo shahrida turk oilasida tugʻilgan. Uning otasi (Nazım) va onasi (Ayda) 1971-yilda Turkiyadan Niderlandiyaga koʻchib oʻtishgan. Akınning Doruk ismli singlisi bor[2]. 1998-yilda 17 yoshida Akın 1-marta Turkiyada eng yaxshi model sifatida tanlangan; Keyin Fransiyaning Nitsa shahrida boʻlib oʻtgan „Europe Elite Model“ tanlovida ishtirok etadi va u unda g'olib bo'ladi.

2002-yilda Azra Star TV telekanalining „Miss Turkiya“ tanlovida birinchilikni qolga kiritdi. Shundan keyin 2002-yil 7-dekabrda Londonning Aleksandra saroyida boʻlib oʻtgan „Dunyo goʻzali“ tanlovida Turkiya nomidan qatnashdi va u yerda ham gʻoliblikni qoʻlga kiritdi[3][4]. Akın oʻtgan yilgi gʻolib Agba Daregoni ortda qoldirib,tiara va 156 000 dollar mukofot oladi[5][6]. Akın oʻz davrida Buyuk Britaniya, Turkiya, AQSh, Yangi Zelandiya, Irlandiya, Yamayka, Avstraliya, Xitoy va boshqa koʻplab mamlakatlarga sayohat qilgan.

2003-yilda Akın Britaniyaning The Games realiti-shousida ishtirok etib, oltin medal sohibasi boʻldi[7][8].

2017-yilda u turkiyalik raqqos va model Atakan Koruga turmushga chiqdi[9].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlari
Yillari Filmlari Rollari
2010-yil PesPese Pelin
2006-yil İlk Aşk Bahar
2005-yil Teberik Şanssız Fulya
2004-yil Anlat Istanbul Pamuk Prenses
Televideniya
Yil Nomi Rol
2016-yil Dunyo goʻzali 2016 Hakam
2015-yil Dunyo goʻzali 2015 Hakam
2014-yil Dunyo goʻzali 2014 Hakam
2013-yil Dunyo goʻzali 2013 Hakam
2012-yil Muck Elif
2009-yil Ayrılık Firengiz Babayev
2009-yil Ah Kalbim Oʻzi
2008-yil Rüzgar Leyla
2005-yil Dunyo goʻzali 2005 Hakam
2005-yil Barend en Van Dorp Oʻzi
2004-yil Milliy qoʻshiq festivali Oʻzi
2004-yil Yağmur Zamanı Sentyabr
2003-yil Oʻyinlar Oʻzi
2003-yil Janob dunyo 2003 Hakam

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Azra Akın Kimdir? - Azra Akın Hayatı ve Biyografisi“. Haberler. Qaraldi: 2023-yil 14-aprel.
  2. „Birinci olmak beni değiştirmedi“. Sabah News. Qaraldi: 2010-yil 23-dekabr.
  3. „Star'la star oldular“. Star Gazete. Qaraldi: 2010-yil 23-dekabr.
  4. „Turkey's Azra Akin wins Miss World“. Hello Magazine. Qaraldi: 2010-yil 23-dekabr.
  5. „Miss Turkey Wins Miss World Competition“. The Turkish Times. 2011-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-dekabr.
  6. „Miss Turkey Wins Miss World“. BBC News (2002-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 23-dekabr.
  7. „Channel 4 lets The Games begin“. The Guardian (2003-yil 1-avgust). Qaraldi: 2010-yil 23-dekabr.
  8. „The Games“. UK Game Shows. 2010-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 23-dekabr.
  9. [https:// www.aksam.com.tr/magazin/azra-akinin-esi-atakan-koru-kimdir-ne-is-yapiyor/haber-654831 „Azra Akın'ın eşi Atakan Koru kimdir, kaç yaşında, ne iş yapıyor?“].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]